JSST boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus sözlariga köra, MV Hondius kemasining sönggi yölovçisi karantin davrini yakunladi, hantavirusga test natijasi manfiy çiqdi va uyiga qaytdi. 25 maydan buyon yangi kasallaniş holatlari qayd etilmadi.

«JSST hantavirus epidemiyasini yakunlangan deb hisoblaydi», deb qöşimça qildi JSST rahbari.

13 kişi kasallanib, uç kişi vafot etgan epidemiyaga hantavirusning kam uçraydigan ştammi - And virusi sabab bölgan.

MV Hondius kruiz kemasi 1 aprel kuni Argentinadan dengizga çiqdi. 11 aprel kuni kema Argentina va Janubiy Afrika örtasidagi okeanda bölganida birinçi bemor vafot etdi. 26 aprel kuni Janubiy Afrikaning Yohannesburg şahrida yana bir yölovçi vafot etdi. 2 may kuni samolyot bortida uçinçi yölovçi vafot etdi.

10 may kuni kema Tenerife porti yaqinida langar taşladi. Tibbiy sabablarga köra, ilgari evakuatsiya qilinmagan yölovçilar qirğoqqa tuşib, tez orada samolyotlarda öz fuqaroligi bölgan mamlakatlarga jönatildi.

Avvalroq JSST virusning dastlabki ikki taşuvçisi kemada paydo bölişidan oldin Argentina, Çili va Urugvay böylab sayohat qilganini ma’lum qilgan edi. Ular «virus taşuvçisi bölgan kalamuş turlarining yaşaş joylariga borgan». Mutaxassislari uşbu holatda virus yaqin aloqada bölgan odamlar örtasida tarqalgan bölişi mumkinligini taxmin qildi.

2 iyul kuni JSST 33 mamlakat va hudud özaro aloqada bölgan 650 dan ortiq odamni kuzatuvga olganini ma’lum qildi. Taşkilot uşbu epidemiya va umuman hantavirus qanday rivojlanganini yaxşiroq tuşuniş uçun hukumatlar va taşkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirişini aytdi.

Hantavirus, odatda, kemiruvçilardan, odamlar ularning siydigi, axlati yoki sölagidagi virus zarraçalari bilan ifloslangan havodan nafas olganda yuqadi.

Simptomlar isitma, kuçli çarçoq, muşak yoki qorin oğriği, qusiş, iç ketişi va nafas qisişini öz içiga olişi mumkin. Odatda ular virus bilan aloqa qilgandan keyin ikki-tört hafta ötgaç, deyarli bir vaqtning özida paydo böladi, garçi bu yaşirin davrda heç qanday alomatlar kuzatilmasa ham. Ammo inkubatsiya davri bir oydan ortiq davom etişi ham mumkin. Şuning uçun ham yölovçilar uçun tavsiya etilgan izolyatsiya muddati juda uzoq edi.