SARS-CoV-2 –tojli virusi Uxanda keng tarqalmasdan oldin uzoq vaqt mobaynida yaşirin davrda bölgan va tabiiy omillar paydo bölgaç, keng tarqalgan. Oksford daliliy tibbiyot markazi(Centre for Evidence-based Medicine, CEBM) katta ilmiy xodimi Tom Jyefferson şunday fikrni ilgari surmoqda. 

U butun dunyodan yiğilgan ma'lumotlarni tahlil qilar ekan, virus ma'lum bir vaqt davomida turli davlatlarda bölganiga işonç bildirgan, deb yozadi RIA Novosti. Jumladan, tojli virus alomatlariga 2019 yil martida olingan Barselona oqova suvlari namunalarida duç kelişgan. Bu Xitoydagi COVID-19 virusi qayd etilişidan 9 oy avvaldir. Ötgan yilning dekabr oyida Turin va Milanda olingan namunalar ham virus borligi borasida “ijobiy” natija bergan. 

“Öylaşimça, virus allaqaçon mavjud bölgan. Ehtimol, biz mudrab yotgan virusga duç kelgandirmiz, u atrof-muhitning öziga qulay şaroitlari tufayli faollaşgan”, — deya olimning gaplarini keltiradi The Daily Telegraph.

U Janubiy Jorjiyadan Buenos-Ayresga suzgan sayohat laynerida koronavirusdan zararlaniş holatini namuna sifatida keltirgan. 

“Yölovçilar Ueddell dengizini kesib ötganidan söng, 8-kuni birinçi holat qayd etildi. Virus avval tayyorlangan taomda muzlagan holda bölganmidi?”, — deb savol beradi olim. 

U, şuningdek, Ğarbiy Samoa aholisining 30 foiz aholisi 100 yil avval röy bergan “ispanka”dan halok bölganini, vaholanki ular taşqi dunyo bilan aloqada bölmaganini yodga olgan. 

Olimning fikriça, bu virusni qözğatuvçilar biror yerdan kelib qolmaydi va biror joyga ğoyib bölmaydi. 

“Ular har doim şu yerda va ba'zida ularni nimadir, balki yer aholisining ziçligi yoki atrof-muhitdagi şart-şaroitlar faollaştiradi. Biz aynan şuni örganişimiz kerak”, — Jyefferson.

Uning fikriça, virus odamlarga nafaqat havo-tomçi yöli bilan, balki suv orqali ham yuqişi mumkin.