Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bosh vazirining sobiq kuyovi Navalniyni sudga berdi
Navalniy asos solgan korrupsiyaga qarshi kurashish fondi 2020 yil fevralda chop etgan surishtiruvda Aleksandr Udodovning Nyu-Yorkdagi xonadoni tilga olingandi
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning singlisiga uylangan biznesmen Aleksandr Udodov Aleksey Navalniyni sudga berdi.
Ma'lumot berilishicha, da'vo 3 iyulda Lyublino rayoni sudida qayd etilgan. Sud vakilining «Interfaks»ga aytishicha, da'vo qadr-qimmat va obro‘-e'tiborni himoya qilishga oid.
Navalniy asos solgan korrupsiyaga qarshi kurashish fondi 2020 yil fevralda chop etgan surishtiruvda Udodovning Nyu-Yorkdagi xonadoni tilga olingandi. Surishtiruvda aytilishicha, biznesmenning xonadoni «Magnitskiy ishi» figurantlaridan biri Denis Katsivning xonadoni bilan yonma-yon joylashgan .
Ushbu surishtiruv chiqarilganidan so‘ng Udodov «Yandeks» qidiruv tizimidan o‘zi bilan bog‘liq ayrim havolalarni o‘chirtirishga erishdi, deb yozgandi The Bell.
Udodov fevralda «Izvestiya» gazetasiga bergan intervyusida Mishustinning singlisiga 2008 yilda uylanganini aytgan.
«Hozirda Nataliya bilan birga yashamaymiz, ammo uning oilasi bilan yaxshi munosabatimiz saqlanib qolgan», — degan Udodov.
Mavzuga oid
00:30 / 30.05.2025
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuv o‘tkazdi
14:06 / 29.04.2025
Mishustin Rossiya iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri ekanini ma’lum qildi
16:35 / 10.09.2024
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan uchrashdi
00:57 / 10.09.2024