Jahon | 21:29 / 06.07.2020
12790
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qurilayotgan tankerga Nursulton Nazarboyev nomi beriladi

Rossiyaning “Zvezda” kemasozlik majmuasi “Aframaks” turidagi yangi tanker qurilishini boshladi. E'tiborlisi, tanker 6 iyulda 80 yoshini qarshilagan Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev sharafiga uning nomi bilan ataladi.

Kemaning qurilishiga start berilishi marosimida kompaniya bosh direktori Sergey Tseluyko va Primore o‘lkasi gubernatori Oleg Kojyemyako ishtirok etgan.

Kompaniyada ta'kidlanishicha, uning buyurtmalari orasida shunday turdagi tankerdan 12 tasi bor. Hozirda verfda 5 ta tanker qurilishi olib borilmoqda. Ushbu tankerning uzunligi 250 metrni, eni 44 metrni, sig‘imdorligi 114 tonnani tashkil qiladi. Bu tankerlar Rossiyada quriladigan ilk shunday turdagi kemalar bo‘ladi.

“Zvezda” kemasozlik majmuasi Primore o‘lkasining Bolshoy Kamen shahrida qurilayotgan korxona bo‘lib, ushbu loyiha Rosneft” rahbarligida amalga oshirilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid