Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi rasmiy sayti xabariga köra, Özbekiston delegatsiyasiga Boş vazir örinbosari — investitsiyalar va taşqi savdo vaziri S.Umrzoqov boşçilik qilgan.
«Gibrid format»da, maxsus onlayn platformada taşkil etilgan tadbirda taşkilotning Jyenevadagi ştab-kvartira binosida turib iştirokçi davlatlarning delegatsiyalari bevosita, boşqa iştirokçilar esa, jumladan, turli davlatlarning poytaxtlaridan ekspertlar — videokonferensaloqa orqali iştirok etişdi.

Özbekiston Respublikasining JSTga kirişi böyiça işçi guruhi raisi, Koreya Respublikasining Jahon savdo taşkilotidagi doimiy vakili Pak Ji-A tadbir iştirokçilarini Özbekiston tomonidan Taşkilotga kiriş va zarur hujjatlarni tayyorlaş jarayonida ötilgan bosqiçlari bilan taniştirgan.
Yiğiliş davomida Özbekistonning JSTga kirişi nuqtayi nazaridan respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş holati va istiqbollari töğrisida ma’ruzasi taqdim etilgan. Uşbu jarayonning qayta tiklanişi 2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangani va mamlakatning köp tomonlama savdo tizimiga qöşilişi orqali taşqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirişning muhim yönalişlaridan biri ekanligi ta’kidlangan.

JST boş direktori örinbosari A.Vulf taşkilot kotibiyati faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biri mamlakatlarga JSTga kirişda kömaklaşiş ekanligini ta’kidladi va şu sababli Özbekistonning taşkilotga a’zo böliş jarayonini tiklaş töğrisidagi qarorini olqişladi va taşkilot rahbariyati nomidan uşbu taşabbusda barça zarur yordamni körsatişga tayyorligini bildirgan.
Şuningdek, bir qator boşqa davlatlar, mintaqaviy va tematik guruhlarning vakillari Özbekistonning JSTga kirişini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan fikrlarini bayon qilişgan.
Yiğiliş doirasida Özbekistonning taşqi savdo rejimi töğrisida kengaytirilgan Memorandumning muhokamasi bölib ötdi va mamlakat tomonidan taşqi savdo sohasidagi tartibga solişni JSTga a’zo davlatlar tomonidan tan olingan me’yorlar va standartlarga muvofiqligini ta’minlaş böyiça körilayotgan çoralar qayd etildi. Şuningdek, Memorandum bölimlari böyiça savol-javoblar sessiyasi bölib ötgan.









