Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish ko‘rsatkichi 500ga yaqinlashdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 117 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi. Bugun respublikaning deyarli barcha hududlarida yangi kasallar qayd etildi. Aholi orasida 190ta yangi holat qayd etildi.
«2020 yil 9 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11564 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 42 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 15 nafari Namangan viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarda, 2 nafari Farg‘ona viloyatida, Surxondaryo va Buxoro viloyatida esa 1 nafardan aholi orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax, Surxondaryo, Buxoro va Toshkent viloyatlarida jami 472ta yangi kasallanish holati qayd etildi (bu yangi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi), shundan 275 nafari karantin muassasalarida, 190 nafari aholi orasida, 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Bugun Toshkent, Samarqand, Namangan va Buxoroda jami 227 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 7287 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 4226 nafar bemor davolanmoqda, shundan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024