Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2020 yilning dastlabki choragida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etdi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2020 yilning 1-choragida ishsizlik darajasi 9,4 foizni, norasmiy sektorda mehnat qilayotganlar soni 7 724 100 nafarni tashkil etganini ma'lum qildi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazida davlat dasturining ijtimoiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlarida belgilangan asosiy bandlar ijrosi muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan onlayn davra suhbatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakili Adiba Nuriddinova 2020 yilning ilk choragi bo‘yicha mehnat ko‘rsatkichlarini ma'lum qildi. Bu haqida Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2020 yilning birinchi choragida O‘zbekiston aholisi 33 mln 971 ming kishiga yetgan bo‘lib, shulardan 19 065 400 nafari mamlakat mehnat resurslarini tashkil etadi.
“2020 yil birinchi choragi holatiga ko‘ra, aholining iqtisodiy faol qatlami 14 838 300 nafarni, iqtisodiy nofaol qatlam 4 mln 277 ming nafar kishini tashkil etadi. Ish bilan band aholi qatlami 13 438 600 kishi bo‘lib, shulardan 5 714 500 nafari rasmiy sektorda, 7 724 100 nafari norasmiy sektorda mehnat qilmoqda. Shuningdek, xorijga chiqib mehnat qilayotganlar soni 2 mln 273 ming nafarni tashkil etgan.
Ishsizlik darajasi 9,4 foizni (1 399 700 kishi) ko‘rsatgan”, deyiladi vazirlik vakilining axborotida.
Mavzuga oid
15:21 / 23.02.2026
Rockwool: Ukrainada ishsizlik urushdan oldingi darajaga yaqinlashdi
16:17 / 31.01.2026
Germaniyada ishsizlar soni uch milliondan oshdi
22:24 / 28.01.2026
Texnik xato Amazon kompaniyasining 16 ming kishini ishdan bo‘shatish rejasini oshkor qildi
10:03 / 13.11.2025