Tramp «Rossiya ishi» bo‘yicha ayblangan do‘stini kechirdi. Uni qonun ustuvorligini buzganlikda ayblashmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining sobiq maslahatchisi Rojyer Stounning jazosini yengillashtirdi. Bu haqda Oq uyning bu boradagi bayonotida aytilgan.
Bayonot sud Stounni qamoqqa olish bo‘yicha iltimosini rad etganidan so‘ng e'lon qilingan. Tramp sobiq yordamchisi qamoqqa olinishidan bir necha kun oldin jazoni yengillashtirdi. Oq uy bayonotida Stoun shundog‘am ko‘p jabrlangani aytilgan: «Rojyer Stounga bu ishdagi boshqa odamlarga bo‘lgani kabi nohaq munosabatda bo‘lishdi. U endi ozod inson», deyilgan xususan bayonotda.
Fevral oyida Trampning do‘sti va sobiq maslahatchisi bo‘lgan Rojyer Stoun 40 oylik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Tramp o‘shandayoq sudni qaytadan o‘tkazishni va kerak bo‘lsa bu jarayonga aralashishga tayyorligini bildirgandi. Stoun Kongressda Rossiyaning 2016 yilgi AQSh saylovlariga aralashgani ishi bo‘yicha yolg‘on ko‘rsatma berganlikda aybdor deb topilgandi.
Oq uyda Stoun Trampga qarshi olib borilgan harakatlar qurboni bo‘lgani aytilmoqda. Tramp ham buni tasdiqlagan: «Men uni kechirish haqida o‘ylab ko‘raman, Rojyer Stounga nisbatan juda ko‘pchilikka bo‘lgani kabi nohaqlik qilishdi», degandi prezident. Ma'lum bo‘lishicha, Tramp jazoni butunlay bekor qilolmaydi va u faqat yengillashtiriladi.
Prezidentning avfi Stounni sudlangan degan «tamg‘adan» xalos qilmaydi, ammo shu orqali u qamoqdan qutulib qolishi mumkin. Stoun «Rossiya ishi» bo‘yicha aybdor deb topilgan Trampning oltinchi yordamchisi hisoblanadi. Bu avfi uchun demokratlar Trampni qonun ustuvorligini buzishda ayblashmoqda.
Tramp bilan uzoq yillardan buyon do‘st bo‘lgan Rojyer Stoun kelayotgan seshanba kuni Jorjiya shtatidagi Jyesupe qamoqxonasiga olib ketilishi kerak edi, ammo uning aytishicha, Tramp juma kuni qo‘ng‘iroq qilib, jazosi yengillashtirilgani haqida xabar bergan. Ma'lumot uchun, Stoun 2000 yilgi prezidentlik saylovida qatnashgan Trampga konsultant bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:49 / 27.12.2024
AQSh «Gurjiston orzusi» yetakchisi Bidzina Ivanishviliga qarshi sanksiyalar joriy etdi
21:44 / 27.12.2024
Tramp ilgari surayotgan ommaviy deportatsiya 86 mlrd dollarga baholanmoqda
18:33 / 26.12.2024
«Uyda yolg‘iz» filmidagi mashhur uy sotib yuborildi
16:03 / 26.12.2024