AQShga borish uchun taklifnoma olib beraman deb ikki kishini chuv tushirgan firibgar qo‘lga olindi
IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, AQShga borish uchun taklifnoma olib beraman deb ikki kishini 4750 dollarga tushirgan firibgar qo‘lga olingan.
«2019 yilning sentabr oyidan 28 oktabr kuniga qadar 25 yoshli B.G‘., 35 yoshli tanishining ishonchiga kirib, unga 5.000 AQSh dollari evaziga AQSh davlatiga borishga viza uchun taklifnoma qilib berishni va'da qilgan. Tanishidan 2.700 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va'dasini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Shuningdek, B.G‘. 26 yoshli B.A.ga ham 5.000 AQSh dollari evaziga AQSh davlatiga borishga viza uchun taklifnoma qilib berishni va'da qilgan. Biroq uni aldab, undan 2.050 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, va'dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan Shayxontohur tumani 6-sonli IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan», deyiladi Tergov departamentining xabarida.
Qayd etilishicha, dastlabki tergov jarayonida B.G‘. tomonidan yetkazilgan moddiy zarar jami 44 mln 950 ming 707 so‘mni tashkil qilgani aniqlangan. Gundan tergov jarayonida 946 ming 300 so‘m qoplangan. B.G‘. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan «shaxsiy kafillik» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov departamenti jinoyat ishi bo‘yicha ayblov xulosasi tuzilib, tegishliligi bo‘yicha sudlovga oshirish masalasini ko‘rib chiqish uchun Shayxontohur tumani prokuraturasiga yuborilganini ma'lum qilmoqda.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:50 / 18.12.2024
Yevropada keksa kishilarni aldagan firibgarlar tarmog‘i fosh etildi
10:00 / 10.12.2024
Moliyaviy firibgarliklarning oldini olishda antifrod tizimlarning roli qanday?
18:45 / 21.11.2022