O‘zbekiston | 17:03 / 13.07.2020
43816
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent va Navoiyda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 167 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 13 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13360 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 83 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 75 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari esa Navoiy viloyatida aholi orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun hozircha 363ta yangi holat aniqlandi, 2 bemor vafot etdi va jami o‘lim holatlari soni 62taga yetdi.
Shu vaqtgacha 7852 nafar bemor tuzalib chiqqan, 5446 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022