Omadga erishishning ikki kaliti bor: puxta tayyorgarlik va kunlik mashg‘ulot.

  1. Chiroyli husnixat sizga nima uchun kerakligini aniqlashtirib oling.  Husnixatni yaxshilashning turli sabablari bo‘lishi mumkin. Birinchidan, bu sizni ongli ravishda harakat qilishga va motivatsiyangizni oshirishga undaydi. Ikkinchidan, husnixatni yaxshilashda nimalarga e'tibor berish kerakligini ham ko‘rsatadi.  Balki siz shunchaki tushunarliroq yozmoqchidirsiz. Yoki yozuvingizga ishonch, aniqlik, ravonlik, samaradorlik baxsh etmoqchidirsiz. Aniq maqsadni oldingizga qo‘yib oling.
  2. Husnixatingizni baholay oling. Bir varaq qog‘ozga bir nechta gap yozing, 2-3 qator yozing. Harflarni yozayotganda ortiqcha zeb bermang. Odatda qanday yozsangiz, shunday yozing. Tugatganingizdan so‘ng yozuvingizni quyidagicha tahlil asosida tekshiring:
  • harflar shakli. Balki ular juda ingichka va burchaklidir? Yoki aksincha, dumaloq va gajakdordir? 
  • egilishi. Klassik husnixatda barcha harflar o‘ng tomonga biroz egilgan bo‘ladi;
  • harflar uzunligi. Standart bo‘yicha harflar uzunligi bir xil bo‘lishi kerak, chunki belgilarni o‘qish imkoni bo‘lishi lozim;
  • harf yozilishi. Bitta harfni turli joyda turlicha yozgan bo‘lishingiz mumkin. Klassik misol: kirillchada “t” harfi bosma yoki yozma shakli (t) almashtirib yozilaveradi;
  • harflar o‘rtasidagi masofa. Oraliq masofa bir xil bo‘lishiga erishing;
  • harflarning gorizontal joylashuvi. Harflar sakrab ketishi, qatordan tushib yoki chiqib ketmasligiga e'tibor bering;
  • bosim. Yozayotganda ruchka bosimini bir xilda ushlab turish kerak. Ba'zi joylarda ruchkani qattiq bosib yuboramiz yoki aksincha. Bu xato, natijada so‘zni o‘qish qiyinlashadi.
Foto: Unsplash

So‘zlarni yozib bo‘lib, qaysidir harf istaganingizdek chiqmasa, ajralib turishi uchun ruchkada alohida belgilab oling. Bu ushbu xatoni takrorlamasligingizga yordam beradi.