Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Raşid Qodirov Facebook ijtimoiy tarmoğida «Eng çiroyli yozuv» yoki husnixat tanlovini e'lon qildi. U bu haqda Facebook'dagi şaxsiy profilida xabar qoldirgan.

«​Yaqinda Nepaldagi 8 sinf öquvçisining yozuvi dunyodagi eng çiroyli yozuv, deb topilganligi haqidagi maqolani öqigandim. Biroq, men ikki dunyoda ham uşbu natija bilan kelişa olmayman. Çunki, Özbekistonimizda ham bundan-da çiroyli yozadigan öğil-qizlarimiz köplab topilişiga imonim komil. Şuning uçun yuqorida qilingan xatoni töğrilaş uçun faqat maktab öquvçilari örtasida «Eng çiroyli yozuv» tanlovini e'lon qilamiz»​, deb yozadi farğonalik deputat.

Qodirovning xabariga köra, tanlovda iştirok etiş uçun yozuv daftarining bir beti hajmidagi Özbekiston haqidagi istalgan matnni lotin yozuvida bitib, qölyozmaning foto suratini Facebook'da 2017 yilning 8 dekabrigaça joylaştiriş kifoya. Foydalanuvçilar tomonidan eng köp «layk» e'tirofini olgan tanlov iştirokçisi ğolib hisoblanadi. Ovoz beriş 2018 yilning 19 yanvariga qadar davom etadi. Ğolib esa 2018 yil 30 yanvarda mukofotlanadi.

Ma'lumot uçun, boşlanğiç ta'lim qamrovi böyiça Özbekistan yuqori körsatkiçlarga ega. Özbekistondagi YuNICeF vakolatxonasi ma'lumotiga köra, umumiy qamrov körsatkiçi 95% dan past emas. 2012 böyiça keltirilgan rasmiy statistik ma'lumotlarga asosan aholining tegişli qismini maktabgaça ta'lim bilan qoplab oliş körsatkiçi 22,7% taşkil qilgan. Maktabgaça ta'lim bilan qoplab oliş körsatkiçi Toşkent şahri (53,9%) va boşqa şaharlarda qişloq hududlariga qaraganda yuqoriroq.