Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har oyning birinchi yakshanbasida muzeylarga kirish bepul bo‘ladi – Madaniyat vaziri
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda sentabr oyidan boshlab har oyning birinchi yakshanbasida davlat muzeylariga kirish bepul bo‘lishini ma'lum qildi.
«2020 yil sentabr oyidan boshlab davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasida «ochiq eshiklar kuni» rejimini joriy qilish ko‘zda tutilmoqda. Bu kunlarda tashrif buyuruvchilarning muzeylarga bepul kirishlarini ta'minlash maqsadida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayoni bormoqda.
Bu masalada teatrlardagi ochiq eshiklar kunini misol tariqasida ko‘rsatish mumkin, ya'ni endi davlat muzeylariga belgilangan kunda aholini bepul kiritish tizimini yaratib, ularni tarixiy boy merosni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmoqda», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, Madaniyat vaziri san'atkorlar haqidagi ma'lumotlarni jamlovchi yagona portal faoliyati yo‘lga qo‘yilishini bildirib o‘tdi.
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi hamda Axborot texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma qaror asosida yagona portal tashkil etiladi. Yagona portal tizimida mamlakatda faoliyat olib borayotgan san'atkorlarning barcha ma'lumotlari joylashtiriladi», dedi Ozodbek Nazarbekov.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
21:54 / 21.04.2026
“Soliq to‘lamayman deyishga or qilish kerak” - madaniyat vaziri
15:32 / 09.04.2026
Prezident yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyini borib ko‘rdi
08:56 / 30.03.2026