Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada tabiiy ofat qurbonlari soni 76 kishiga yetdi
Yaponiyada suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida qurbon bo‘lgan fuqarolar soni 76ga yetdi. Bu haqda NHK telekanali joylardan olingan ma'lumotlarga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Bir kishi o‘ta og‘ir holatda topilgan bo‘lsa, 13 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. 15 ming uyning vayron bo‘lishiga olib kelgan suv toshqinlari va yer ko‘chkilariga mamlakat janubi-g‘arbida ikki haftadirki davom etayotgan surunkali yomg‘irlar sabab bo‘lgan.
Ob-havo mutaxassislari esa, hafta oxirigacha yomg‘ir to‘xtamasligini, biroq yomg‘ir to‘xtagan vaqtda ham sergaklikni yo‘qotmaslik kerakligini, chunki sezilar-sezilmas yer qimirlashi ham suvga to‘yingan yerning ko‘chishiga sabab bo‘lishidan ogohlantirmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026