Hujjatlarni qalbakilashtirgan shaxs qamoqqa olindi
Toshkent shahrida korxona hujjatlarini qalbakilashtirib, juda katta miqdorda kredit olgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2019 yil sentabr oyida MChJlardan birining rahbari va muassislaridan biri bo‘lmish 43 yoshli T.D. boshqa muassislarning imzolarini qalbakilashtirgan va bankdan 1,5 milliard so‘m kredit olish uchun hujjat tayyorlagan.
«Bu fakt asosida Jinoyat Kodeksining 228-moddasi 3-qismi bo‘yicha («Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish») jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Sud T.D.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘lladi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:30 / 12.10.2024
Ayrim shaxslarga O‘zbekiston hududiga kirish rad etilishi mumkin
14:10 / 02.10.2024
Mehnat organlariga murojaat qilganlardan ortiqcha hujjatlar talab etilishi oldi olinadi
09:27 / 27.05.2024
Qonunchilik hujjatlari mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi
13:38 / 09.04.2024