Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya parlamenti COVID-19 sababli avgust oxirigacha faoliyatini to‘xtatdi
Avstraliyaning poytaxt hududida COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida. Ammo Melburn va Sidney kabi yirik shaharlarda kasallik tarqalishi qayd etilmoqda.
Foto: AFP
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli Avstraliya parlamenti kamida 24 avgustgacha faoliyatini to‘xtatdi.
"Parlament yig‘ilishlarida xavf yuqori bo‘lib qoldi va muammo kelasi oyda bartaraf bo‘ladiganga o‘xshamayapti", - dedi Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison.
Mamlakatning bosh muxolif partiyasi - Avstraliya leyboristlar partiyasi hukumatning bu qaroriga qo‘shildi, ammo hukumatning iqtisodiyot sohasidagi choralari bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emasligini tanqid qildi.
Ta'kidlanishicha, Avstraliyaning poytaxt hududida COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida. Ammo Melburn va Sidney kabi yirik shaharlarda kasallik tarqalishi qayd etilmoqda. Melburnda o‘tgan sutkada 217ta holat aniqlangan.
Avstraliyada jami 11,4 ming koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan, 118 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
22:14 / 25.01.2026
Avstraliyada kengurular velopoyganing “beliga tepishdi”
18:50 / 20.01.2026
Avstraliyada akulalar hujumidan keyin o‘nlab plyaj yopildi
18:18 / 13.01.2026
Meta Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning qariyb 550 ming akkauntini blokladi
18:29 / 17.12.2025