O‘zbekiston | 18:50 / 18.07.2020
14094
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida 2358ta koyka zaxirasi mavjud - hokimlik

Toshkentdagi barcha davlat tibbiyot muassasalari xatlovdan o‘tkazilib, 2358ta koyka zaxirasi shakllantirildi, deb ma'lum qildi shahar hokimining matbuot kotibi Furqat Mahmudxo‘jayev.

Hokimlik vakiliga ko‘ra, poytaxtdagi 10ta xususiy klinika koronavirus kasalligini davolash bo‘yicha amaliy yordam berishiga tayyor ekanini bildirgan.

«Ushbu klinikalarda ayni paytda 276ta koyka tayyor holga keltirilgan. 11ta klinikada MSKT apparatlari o‘rnatilgan, 7tasida PZR test o‘tkazish uchun laboratoriyalar bilan jihozlangan», – deya Mahmudxo‘jayevning 18 iyul kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingdagi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinishicha, koyka zaxiralarining Toshkent shahri tumanlari kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

  • Bektemir tumanida — 6-son shahar klinik shifoxonasida 110ta koyka;
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida — Respublika nogironlar reabilitatsiya markazida 130ta koyka;
  • Mirobod tumani — 3-son shahar klinik shifoxonasida 100ta koyka; 1-Respublika klinik shifoxonasida 100ta koyka;
  • Olmazor tumani — 2-Tibbiyot akademiyasi (ToshMI-2)da 412ta koyka;
  • Uchtepa tumani — Jahon tillari universiteti yotoqxonasida 350ta koyka;
  • Chilonzor tumani — Toshkent viloyati Markaziy shifoxonasida 120ta koyka;
  • Yunusobod tumani — Nuroniylar sanatoriyasida 300ta koyka hamda Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 400ta koyka;
  • Yashnobod tumani — Nuroniylar sanatoriyasida 156ta koyka, 4-son shahar klinik shifoxonasi (TaPoiCh)da 30ta koyka, 2-yuqumli kasalliklar shifoxonasida 50ta koyka va Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya tibbiyot markazida 100ta koyka hozirlangan.

Mavzuga oid