Yerqalampir (xren) koronavirus bemorlari uchun faqat qo‘shimcha yordam berishi mumkin, u asosiy davolash vositasi emas – shtab a'zosi
Yerqalampir (xren) koronavirusni davolashda xalq tabobati vositasi bo‘lishi mumkin. Lekin bemorda klinik belgilar yaqqol ko‘rinayotgan va tana harorati ko‘tarilgan paytda u faqat qo‘shimcha tarzda yordam berishi mumkin xolos.
Bugun, 18 iyul kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Feruza Hamroboyeva aholi tomonidan yuborilgan savollarga javob berdi.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga chalinib, yerqalampir (xren) o‘simligidan davo topganlar haqida aytilgan holatlarga munosabat bildirildi.
«Xren o‘simligi ko‘plab vitaminlar: A, E va B guruhi, aminokislotalar hamda mikroelementlarga boy. Lekin uning tarkibida S vitamini – askorbin kislotasi yo‘q. Xren koronavirusni davolashda xalq tabobati vositasi bo‘lishi mumkin. Lekin bemorda klinik belgilar yaqqol ko‘rinayotgan va tana harorati ko‘tarilgan paytda samarali emas, faqat qo‘shimcha tarzda yordam berishi mumkin xolos», - dedi Feruza Hamroboyeva.
U Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan «Avigan» dorisi haqida ham ma'lumot berdi.
«Avigan» tarkibidagi biologik faol modda favipiravir hisoblanadi. U bir qator virus guruhlarini bloklaydi. «Avigan»dan ebola virusini davolashda ham foydalanilgan. Ayni paytda AQShda uning boshqacha varianti – «Remdesivir» preparatidan foydalanilmoqda va AQSh bu preparatni yetarlicha samarali deb hisoblamoqda.
To‘g‘ri, «Avigan» haqida yana bir tadqiqot u koronavirusning yengil va o‘rta darajalarini davolashda samarali ekanini, lekin og‘ir shaklida unchalik samarali emasligini ko‘rsatmoqda», - dedi Feruza Hamroboyeva brifingda.
Mavzuga oid
15:02 / 23.04.2021
Hindistonda koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha ketma-ket ikkinchi kun rekord qayd etildi
11:05 / 23.04.2021
Karantin: Andijon davlat universitetida o‘qish jarayonlari onlayn tartibga o‘tkazildi
17:40 / 22.04.2021
Hindistonda sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi
18:32 / 21.04.2021