Bir kun ichida Toshkent viloyatidagi 19ta tuman va shaharda koronavirus aniqlandi
Viloyatdagi bemorlarning qariyb 70 foizi uyda davolanmoqda.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyatdagi epidemiologik vaziyat yuzasidan Kun.uz'ga atroflicha ma'lumot taqdim etdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni jami 1815 nafarga yetgan. Shundan 896 nafari sog‘aygan, 9 nafari vafot etgan.
281 kishi tibbiyot muassasalarida, 629 bemor uy sharoitida davolanmoqda.
So‘nggi 10 kunda 783 kishida kasallik aniqlangan.
Jumladan, 18 iyul kuni 97 kishida COVID-19 aniqlangan bo‘lib, ularning barchasi kasallikni muloqot orqali yuqtirib olgan. Hududlar kesimida kasallanish holatlari quyidagicha:
- Qibray tumani – 27; Bo‘stonliq tumani – 17; Chirchiq shahri – 14; Toshkent tumani – 6; Bekobod shahri – 6; Parkent tumani – 4; Chinoz tumani – 4; Zangiota tumani – 3; O‘rta Chirchiq tumani – 3; Nurafshon shahri – 2; Quyi Chirchiq tumani – 2; Oqqo‘rg‘on tumani – 2; Yuqori Chirchiq tumani – 1; Ohangaron shahri – 1; Ohangaron tumani – 1; Yangiyo‘l tumani – 1; Piskent tumani – 1; Olmaliq shahri – 1; Bekobod tumani – 1.
18 iyul kuni 1230 kishi karantinga olingan bo‘lib, shundan 475 nafari statsionar sharoitda, 755 nafari uy sharoitida karantinda bo‘lib turibdi.
Shu paytgacha Toshkent viloyatida joylashgan 7ta obektda 11 346 kishi statsionar karantinga olingan. Uy sharoitida karantinga olinganlar soni jami 7 533 nafarni (1 639 ta xonadon)ni tashkil etadi.
O‘tgan sutka davomida statsionarlarga 475 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lsa, 1323 nafar fuqaro 14 kunlik karantindan chiqarildi.
Statsionar va uy sharoitidagi karantin tadbirlariga jami 889 nafar ichki ishlar (595 nafar), milliy gvardiya (293 nafar) shaxsiy tarkibi jalb etilgan.
- Kundalik ravishda 889 nafar milliy gvardiya shaxsiy tarkibi koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb qilinmoqda. Shundan, 80ta YPX, blokpost va to‘siq postlarga – 220 nafar; targ‘ibot-tashviqot tadbirlariga – 50 nafar (21 ta avtotexnika); uy sharoitidagi karantin tadbirlariga – 165 nafar; piyoda patrul xizmatiga – 211 nafar; avto patrul xizmati va reyd tadbirlariga – 26 nafar; karantin binolariga – 128 nafar; bozor va savdo majmualariga – 52 nafar; dezinfeksiya ishlariga – 6 nafar; sayyor kassalarga – 39 nafar; oromgohlarga – 5 nafar; shahar va tumanlardagi tezkor shtablarga – 26 nafar shaxsiy tarkib xizmatga jalb qilingan.
10 iyul kuni soat 00:01dan boshlab har qanday transport vositalarida Nurafshon shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va Nurafshon shahridan respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan, viloyat tuman va shaharlariga chiqish to‘xtatildi.
«Viloyatda koronavirus pandemiyasining hudud iqtisodiyotiga salbiy ta'sirini yumshatish maqsadida ham alohida shtab faoliyat olib bormoqda. Iqtisodiy blok xodimlari tadbirkorlik sub'yektlari bilan doimiy muloqot qilib, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganib bormoqda. Viloyatda aksariyat ko‘ngilochar, sport, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, oziq-ovqat va buyum bozorlari faoliyati to‘xtab qolgani bilan barcha ishlab chiqarish korxonalari, oziq-ovqat bilan savdo qiluvchi nuqtalar, dorixonalar, tibbiyot maskanlari faoliyatini davom ettirmoqda. Aynan shu muassasalarda faoliyat yurituvchi fuqarolarning bir hududdan ikkinchi hududga kirishi yoki chiqishi uchun sharoitlar yaratilgan», – deyiladi rasmiy axborotda.
Qayd etilishicha, 18 iyul kuni hokimiyat, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, mudofaa ishlari boshqarmasi xodimlari va volontyorlar – jami 704 kishi jalb etilgan bo‘lib, ular tomonidan 835ta obektda (586 568 m.kv.) dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan.
18 iyulda karantin talablarini buzganlik uchun Toshkent viloyatida 815 nafar fuqaro (tadbir boshidan – 84 449), karantin davrida Ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaganligi uchun 10 nafar fuqaro (tadbir boshidan – 2 215), ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Avtoreydlar davomida o‘tgan sutkada 513ta qoidabuzarlik aniqlangan (tadbir boshidan – 13 866 ta).
Sutka davomida faoliyat yuritayotgan 4ta bojxona postidan jami 156ta (tadbir boshidan – 36 515) transport vositasi kirib, 181ta (tadbir boshidan – 34 701) transport vositasi chiqib ketgan. («Yallama» – 60/55, «Navoiy» – 45/45, «S.Najimov» – 46/56, Oybek» – 5/25).
Bojxona postlaridan kirib kelgan trasport vositalari haydovchilaridan 30 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, shundan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – 10 nafar (4 nafar bojxona xodimlari), chet el fuqarolari – 17 nafarni tashkil etib, ular orasida Toshkent viloyatida yashovchilar 2 nafarni tashkil etadi.
«Shuningdek, viloyat hokimligi, viloyat iqtisodiyot, moliya, soliq boshqarmalari xodimlaridan iborat maxsus guruh tomonidan hozirda koronavirus pandemiyasidan aziyat chekkan tadbirkorlar uchun soliq ta'tillari yoki imtiyozlari berish bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda.
Shuningdek, barcha tijorat banklari tadbirkorlarimizga ajratilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlar muddatlarini uzaytirish choralarini ko‘rmoqda. Bugungi kunga qadar 8 mingga yaqin tadbirkor va 135 ming nafardan ortiq jismoniy shaxsning 1 trln 498 milliard so‘mlik kredit muddatlari uzaytirib berildi.
Bundan tashqari, shtab a'zolari tomonidan eksportchi korxonalarga budjetdan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish, vaqtincha daromadidan mahrum bo‘lgan soha (ayniqsa, turizm sohasi) xodimlarini qo‘shimcha budjet mablag‘lari hisobidan jamoat ishlariga jalb qilish yoki boshqa yordamlar berish kabi muammolarni hal qilish bo‘yicha ham tizimli ish olib borilmoqda.
Aholi bandligini ta'minlash va tadbirkorlik sub'yektlarning faoliyatini bosqichma-bosqich yuritish maqsadida, hududlarning Covid-19 infeksiyasi xavfliligidan kelib chiqib (karantin talablari yengillashtirilishi munosabati bilan), 18 iyul kuniga jami 45tasi tadbirkorlik sub'yektlari (to‘xtatilgan tadbirkorlik sub'yektlar – 13 651) ish faoliyati yo‘lga qo‘yildi (113 nafar ishchi xodim). Jami ish faoliyati tiklangan tadbirkorlik sub'yektlari 10 113 ta (74,1 foiz) bo‘lib, 125 537 nafar ishchi xodimni tashkil etadi.
Yana bir muhim masala, bu bozorlarda narx-navo barqarorligini saqlashdan iborat. Bu borada tegishli xizmat xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari yanada kuchaytirildi va viloyatda narx-navo barqarorligini saqlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilyapti.
Shuningdek, tibbiy niqoblar, antiseptik vositalar ham dorixonalarimizda yetarli. Ularni ishlab chiqarish uchun barcha resurslar o‘zimizda mavjud, ularni tayyorlash va markazlashgan holda dorixonalar va savdo nuqtalariga yetkazib berishda hech qanday muammolar bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, viloyatdagi 20 mingdan ortiq fuqarolarimiz kam daromadli va ijtimoiy himoyaga muhtojligi inobatga olingan holda, «Saxovat va ko‘mak» loyihasi tashkil etilgan. Karantin davrida ijtimoiy ahvoli og‘irlashgan, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta'minlangan hamda nogironligi bo‘lgan a'zoga ega oilalarga saxovatli tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan 2 mlrd 957 mln. so‘m miqdorida ijtimoiy yordamlar ko‘rsatildi va bu jarayon bundan buyon ham izchil davom etadi», – deya ma'lum qilmoqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024