Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada «koronavirusli futbol o‘yini» tashkilotchisi hibsga olindi
Ispaniyaning Navarra viloyati politsiyasi koronavirus yuqtirib olganlar va sog‘lom odamlar o‘rtasidagi futbol o‘yini o‘tkazilishining oldini oldi.
El Confidencial gazetasi xabariga ko‘ra, politsiya o‘yin tashkilotchisini hibsga olgan. Huquq tartibot idoralari talqiniga ko‘ra, u 20 iyul kuni Pamplona shahrida bunday o‘yinda ishtirok etishni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib qilgan. Gumonlanuvchi aholi salomatligiga qarshi jinoyatda ayblanmoqda. Hozirgi vaqtda tergov ishlari o‘tkazilyapti.
Worldometers xabariga ko‘ra, 19 iyul kungi holatga ko‘ra, Ispaniyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 307 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Ularning 28 mingdan ortig‘i vafot etgan.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026