«Paxtakor»ning 5 futbolchisida koronavirus aniqlandi. Superliga to‘xtatilishi mumkin
O‘zbekiston chempionatida ishtirok etuvchi klublarda koronavirus alomati sezilayotgan futbolchilar soni tobora ortayotganligi tufayli Superliga bahslari to‘xtatilishi mumkin.
«Paxtakor» klubining 5 nafar futbolchisining harorati oshib, isitmalagani uchun jamoa a'zolari 17 iyul, juma kuni koronavirusga test topshirgan va natijalar musbat chiqqan. 5 futbolchisida virus aniqlangani haqida klub axborot xizmati ham ma'lumot berdi.
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayevning Tribuna.uz saytiga ma'lum qilishicha, 20 iyul kuni PFL Superliga klublari rasmiylari va bosh murabbiylari bilan Zoom orqali videokonferensiya o‘tkazib, chempionat bahslarini davom ettirish yoki qoldirish masalasini muhokama qiladi. Shundan so‘ng PFL tomonidan bir qarorga kelinadi.
Ma'lumot uchun, avvalroq Superliganing «Bunyodkor», «Surxon» klublarida, Pro-ligada esa «Dinamo» va «Xorazm» futbolchilarida koronavirus alomatlari aniqlangan edi.
Mavzuga oid
13:50 / 02.11.2024
«Paxtakor» metro bekatining eskalator o‘rnatilgan tomoni vaqtincha yopiladi
22:55 / 11.08.2024
«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkazildi
19:04 / 01.08.2024
«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkaziladi
12:13 / 17.06.2024