Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko 12 yilda ilk marta AQShdagi elchini tayinladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Kravchenkoni AQShdagi elchi qilib tayinladi.
- Vazir o‘rinbosarlari Oleg Kravchenko va Andrey Dapkyunas mos ravishda AQSh va Avstriyadagi elchi qilib tayinlandi, - deb xabar berdi Sputnik Belarus.
Yuridik fanlari nomzodi va diplomat Oleg Kravchenko 49 yoshda. Avvalroq u davlat protokoli xizmatida, shartnoma-huquq boshqarmasida, Shvetsiyadagi elchixonada maslahatchi bo‘lib, inson huquqlari va gumanitar hamkorlik boshqarmasida va 2007-2008 yillarda AQShdagi elchixonada maslahatchi bo‘lib ishlagan.
2008 - 2014 yillarda Kravchenko Belarusning AQShdagi ishlari bo‘yicha vaqtinchalik vakil bo‘lgan. So‘ngra tashqi ishlar vazirligiga qaytib, 2017 yil yanvar oyida vazir o‘rinbosari qilib tayinlangan.
2008 yilda Vashington va Minsk o‘zaro elchilarni chaqirib olishgan edi. Hozirgi kunda har ikkala mamlakat hududida ishonchli vakillar ishlamoqda.
Mavzuga oid
18:05 / 13.07.2026
Lukashenko migrantlarni Belarusga jalb qilish shartlarini tushuntirdi
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026