O‘zbekiston | 16:07 / 20.07.2020
11903
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi uyda davolanayotgan bemorlar haqida ma'lumot berildi

2020 yil 19 iyul holatiga ko‘ra Samarqand viloyatida koronavirus yuqtirib olgan 110 nafar bemor kasalxonada, 62 bemor esa uyda davolanmoqda.

Foto: kp.ru

Koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha Samarqand viloyati shtabi Kun.uz`ga hududdagi bemorlar haqida ma'lumot berdi.

Unga ko‘ra, viloyatda 734 nafar fuqaroda Covid-19 tashxisi rasman tasdiqlangan bo‘lib, bugungi kunda ularning 110 nafari viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida davolanmoqda. Kasallikning yengil formasini o‘tkazayotgan 62 nafar bemor esa uy sharoitida davolanyapti.

Shuningdek, 346 kishi quyidagi hududlardagi maxsus karantin punktlari hamda davolash-profilaktika muassasalarida karantinga olingan:

viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida 110 nafar, Kattaqo‘rg‘on shahridagi reabilitatsiya markazida 14 nafar, Toyloqda 19 nafar, Samarqand tumanida 23 nafar, Paxtachida 14 nafar, Nurobodda 4 nafar, Past Darg‘omda 20 nafar, Payariqda 15 nafar, Qo‘shrabotda 11 nafar, Oqdaryoda 26 nafar, viloyat XOSPeS markazida 90 nafar. Bundan tashqari, 3507 nafar samarqandliklar uy sharoitida karantinda bo‘lib turishibdi.

Mavzuga oid