Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Haydar Aliyev ko‘chasida harakatlanishning qisman cheklanishi yana 4 kunga uzaytirildi
Haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
13 iyundan boshlab Mirobod tumanidagi Haydar Aliyev ko‘chasining Ozarbayjon madaniyat markazi joylashgan manzilidan Sariko‘l ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘idagi yo‘lning bir tomoni ta'mirlash ishlari sabab bir haftaga yopilgandi.
Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, mazkur yo‘l qismida qo‘shimcha ta'mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, harakatlanishning qisman cheklanishi 2020 yil 24 iyul kuniga qadar davom etadi.
Qayd etilishicha, shu vaqt oralig‘ida avtomobillar oqimi ham harakatlanishning bitta chizig‘i bo‘yicha amalga oshiriladi.
Haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid
09:30 / 23.06.2026
Toshkentda bo‘yoq hididan zaharlangan uch fuqaro qutqarildi
08:55 / 19.06.2026
Abdulla Qodiriy ko‘chasida haydovchilar uchun yangi qayrilish joyi tashkil etildi
14:01 / 24.03.2026
Toshkentda YaHM o‘sishi bo‘yicha Mirobod yetakchi bo‘ldi
09:10 / 24.03.2026