Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada tomoshabinlarning stadionlarga kirishiga ruxsat berildi
Gruziyaning koronavirus masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashi sport ishqibozlarining stadionlarga kirishiga ruxsat berdi.
Tomoshabinlar barcha xavfsizlik me'yorlariga amal qilingan holda, termoskriningdan so‘ng kiritiladi.
"Biz uchun ijobiy qaror qabul qilindi, sport musobaqalari davomida tomoshabinlarning ochiq stadionlarga kirishiga ruxsat berildi. Qayd etish joiz, tomoshabinlar barcha xavfsizlik me'yorlariga amal qilingan holda, termoskriningdan so‘ng kiritiladi",- dedi Gruziya futbol federatsiyasi prezidenti, parlament deputati Levan Kobiashvili.
Kasalliklarni nazorat qilish bo‘yicha milliy markaz rahbari Amiran Gamkrelidzening ma'lum qilishicha, Gardaban munitsipalitetidagi qishloqlarda koronavirus yuqtirish holatlari aniqlangan. Mahalliy aholining ko‘pchiligi Tbilisidagi bozorlarda faoliyat ko‘rsatishi sababli bozor hududlarida nazorat kuchaytirilgan.
"Gardaban munitsipalitetidagi qishloqlarda 1,77 ming kishidan test olingan, ularning 24 nafarida koronavirus aniqlangan",- deb ma'lum qildi Gamkrelidze.
U aholini hukumat tomonidan belgilangan barcha qoidalarga, jumladan qat'iy niqob taqish rejimiga amal qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024