«Tez yordam» loyihasining navbatdagi sonida virusolog Dildora Sekler kislorod beruvçi oksigenatorlarning uy şaroitida işlatilişi va qölbola tarzda yasalişi xavfli ekanini ma'lum qildi.

https://ok.ru/videoembed/1593240783551

«Oksigenatorlar statsionar şaroit uçun işlab çiqilgan. Bemorda kislorod miqdori 93 foizdan pasaysa, öşa vaqtda oksigenator bilan öpkaga nafas beriladi.

Ularni uy şaroitida ham tavsiya qiliş mumkin, lekin buning öziga xos körsatmalari bor. Agar bunga e'tibor berilmasa, nojöya ta'siri bölişi mumkin. Şuning uçun oksigenatorni uy şaroitida işlatiş xavfli hisoblanadi», dedi mutaxassis.

Şifokorning aytişiça, berilayotgan kislorod köpayib ketsa, xavfli vaziyat paydo böladi. Bu qurilmalarning yonğin xavfi ham yuqori.

Şuningdek, şifokor koronavirus test tizimlarining katta bosimda qoliş sabablari haqida ham munosabat bildirdi.

«Koronavirusni aniqlovçi testlar yetişmasligining sabablaridan biri zarur bölmagan holatlarda ham test topşiruvçilarning köpayib ketgani bilan boğliq.

Zaruratsiz test topşirayotganlar toifasiga özida heç qanaqa alomat bölmasa ham, faqatgina ma'lumotnoma oliş uçun test topşirayotganlarni kiritiş mumkin.

Bundan taşqari, koronavirus aniqlangan bemor bilan aloqada bölganlarga ham test kerak emas. Çunki kasallar bilan muloqotda bölganlardan test olinişi emas, ular faqatgina nazorat qilinişi kerak, xolos. Bemor bilan aloqada bölgan hammadan test oliş natijasida hozir vaziyat oğirlaşib qoldi», deya qayd etdi Dildora Sekler.

U bemorlar bilan muloqotda bölganlarda kasallik alomatlari paydo bölsagina test olinişi samaraliroq bölişini qayd etdi.