Koronavirusning “omikron” ştammi dunyoni şiddat bilan egallab bormoqda. Garçi yengil keçsa-da, uning yuquvçanligi oldingi ştammlarga nisbatan ança yuqori va u aynan köpçilikni zararlaşi bilan xavfli.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti xodimi, tibbiyot fanlari doktori, virusolog Dildora Sekler bilan suhbatimiz koronavirus mana şu ştammining öziga xos jihatlari haqida böldi.

— Omikron bilan kasallanişning öziga xos xususiyatlari qanday?

— Omikron koronavirusning bir ştammi bölib, u ötkir respirator kasalliklarning belgilariga juda ham öxşaşdir. Bunda bemorlarda burun bitişi, yötal, isitma, tomoq oğriği, et uvişişi kabi belgilar kuzatilişi mumkin. Bu belgilar boşqa kasalliklarda ham kuzatiladi. Hatto koronavirus kasalligida kuzatiladigan hid bilmaslik ham boşqa kasalliklarda ham uçraşi mumkin.

— Gripp va “omikron” bir-biridan qanday farqlanadi?

— Bu ikki kasallikni bir-biridan faqatgina laborator test yordamida farqlaş mumkin. Sababi bu ikki kasallik belgilari juda öxşaş va hatto aynan bir xil. Qaçonki ana şu ikki kasallik bir vaqtning özida bemorni zararlasa, uning klinik keçişi oğirroq va davolaniş muddati çözilişi mumkin. Bunday holatlar tibbiyot tarixida kuzatilgan

— “Omikron” yengil ötsa, asoratlar kuzatilmaydimi?

— Koronavirus – yangi kasallik. Şu sababli uning ustida olib borilayotgan tadqiqotlar hamon davom etmoqda. Kasallikning yengil keçişi, bemorda asoratlar qoldirmasligi mumkin. Ammo bu barça bemorlarda bir xilda keçmaydi. Bu bemorning holatiga boğliq. Agar uning yondoş kasalliklari bor bölsa, asoratlar kuzatilişi mumkin?

— Omikron bolalarda qanday keçadi?

— Koronavirusning dastlabki turlari ham, odatda, keksa va surunkali kasalliklari bor insonlarda oğirroq keçgan bölsa, bolalarda nisbatan yengil ötgan edi. “Omikron” ham xuddi şunday va hatto undan ham yengilroq ötmoqda desak mubolağa bölmaydi. Lekin bu ham barça bolalarda bir xil keçmaydi.

— “Omikron” qanday davolanadi?

— Kasallikni davolaş bemor holati va kasallik darajasiga qarab belgilanadi. Agar yengil daraja keçayotgan bölsa, umuman dori vositalari qabul qiliş şart emas. Yoki qanday belgi kuzatilsa, şu simptomni bartaraf etuvçi dori vositasi qöllaniladi. Isitma çiqsa, isitma tuşiruvçi, yötal kuzatilsa, yötalga qarşi dorilar şifokor tavsiyasiga köra buyuriladi.