«Tez yordam» körsatuvining navbatdagi sonida mutaxassislar tomonidan COVID-19 kasalligining rivojlaniş bosqiçlari va tibbiy niqob taqişning ahamiyati haqida ma'lumot berildi. Qayd etilişiça, tibbiy niqob taqiş orqali kasallikning har bir bosqiçida boşqalarga virus yuqtirişning oldini oliş mumkin.
https://ok.ru/videoembed/1623178021567
Infeksionist-epidemiolog, tibbiyot fanlari doktori Malika Xöjayevaning ta'kidlaşiça, inson organizmiga biror infeksiya, virus yoki bakteriya tuşgandan söng u tanada joylaşib, köpayişni boşlaşi uçun ma'lum vaqt kerak böladi. Qaysidir virusga buning uçun 2 soat yetarli bölsa, qaysidir viruslar uçun 1 oy kerak bölişi mumkin. Bu yaşirin davr deb ataladi.
Koronavirusning yaşirin davri 1 kundan 14 kungaça hisoblanadi, individual holatlarda 5 yoki 10 kungaça bölgan holatlar köproq kuzatilgan.
«Kasallikning yaşirin davri örtalariga kelib virus sal köpayadi. Keyingi bosqiçga kelib, virus qonga ötadi. Bu davrda kasallikning umumiy belgilari: boş oğriği, muşaklar oğriği, et uvişişi kabi belgilar paydo böladi. Bu muddatda bemor yuqumli hisoblanadi.
Undan keyingi bosqiçda aynan koronavirus uçun xos bölgan belgilar paydo böladi. Masalan, hid va ta'm biliş qobiliyatining yöqolişi koronavirusga xos ekani ma'lum. Bemorning özi holatini kuzatib, kasallik manbai bilan qaçon töqnaşganini, qaysi muddatda yaqinlari uçun xavfli ekanini bilişi kerak böladi», - dedi Aziza Xöjayeva.
Mutaxassisning sözlariga köra, koronavirusning yaşirin davrida bemor özida virus borligini bilmasligi, lekin uni boşqalarga yuqtirişi mumkin. Şuning uçun tibbiy niqobning ahamiyati juda yuqori hisoblanadi.
«Inson koronavirusning yaşirin davrini boşidan keçirayotgan paytda tibbiy niqobda bölsa, u özi uçraşgan insonlarni kasallik yuqişidan saqlab qolişi mumkin. Kasallikning keyingi bosqiçlarida ham tibbiy niqob taqiş orqali boşqalarga virus yuqtiriş xavfi kamayadi», - dedi Aziza Xöjayeva.












