Sport | 16:12 / 21.07.2020
11100
1 daqiqa o‘qiladi

«Navbahor» sobiq xodimiga 500 ming dollar to‘lab berishi kerakligi ma'lum qilindi

FIFA Namanganning «Navbahor» futbol klubiga rossiyalik mutaxassis Aleksey Belenkovga 520 ming AQSh dollari miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyatini yukladi.

Foto: Navbahor

FIFA «Navbahor» klubiga sobiq xodimi Aleksey Belenkovga 500 ming dollar to‘lab berish majburiyatini yukladi.

Tashkilotning nizolarni hal qilish palatasi 63 yoshli rossiyalik mutaxassisning Namangan klubi ustidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun kompensatsiya talab qilib yozgan da'vosini qisman qanoatlantirdi. 

Endi «Navbahor» 30 kun ichida yuqorida ko‘rsatilgan qiymatni to‘lab berishi shart. Aks holda FIFA intizom qo‘mitasi tomonidan qo‘shimcha jazoga tortiladi (ochkolardan mahrum qilinadi, quyi ligaga tushirib yuboriladi).

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Belenkov 2018 yil oktabr oyida «Navbahor» bilan shartnoma imzolab, bosh murabbiy Andrey Kanchelskisga yordamchi qilib tayinlangan edi. 2020 yil yanvar oyida esa klubni tark etdi.

Mavzuga oid