Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX raketasi Janubiy Koreyaning harbiy sun'iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Falcon 9 raketa tashuvchisi Janubiy Koreyaning Anasis-II harbiy aloqa sun'iy yo‘ldoshini orbitaga chiqardi. Parvoz translatsiyasi kompaniya saytida namoyish etildi.
Falcon 9 AQSh Sharqiy sohil vaqti bilan soat 17:30 (Toshkent vaqti bilan 2:30)da Florida shtatidagi Kanaveral kosmodromidan uchirildi.
Falcon 9 raketa tashuvchisining birinchi ko‘p martalik pog‘onasi sakkiz yarim daqiqadan so‘ng Atlantika okeanidagi Just Read the Instructions suzuvchi platformasiga qo‘ndirildi. May oyi oxirida raketaning ushbu birinchi pog‘onasi astronavtlar Dag Xerli va Robert Benken tomonidan Xalqaro kosmik stansiyaga Crew Dragon kosmik kemasini uchirish uchun ishlatilgan.
SpaceX’ning ma'lum qilishicha, Anasis-II sun'iy yo‘ldoshi Janubiy Koreya tomonining iltimosiga binoan translatsiyada namoyish etilmadi.
30 may kuni Falcon 9 raketasi SpaceX’ning Crew Dragon kemasini orbitaga olib chiqdi. Bu xususiy kompaniyaning birinchi kosmik parvozi bo‘ldi. AQSh uchun ham bu to‘qqiz yil ichida uchuvchi bilan amalga oshirilgan birinchi parvozga aylandi: 2011 yilda Space Shuttle dasturi yopilgandan keyin Rossiyaning «Soyuz» kosmik kemalari NASA astronavtlarini XKSga olib borgan.
Mavzuga oid
20:50 / 01.02.2026
SpaceX orbitaga 1 mln dona sun’iy yo‘ldoshni uchirishni rejalashtirmoqda
19:33 / 28.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi korrupsiya tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi
09:39 / 27.01.2026
Tramp Janubiy Koreya uchun bojlarni 25 foizgacha oshirishini e’lon qildi
21:47 / 26.01.2026