Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksport qiluvchilarga transport xarajatlari kompensatsiya qilinadi
Hududlar va tarmoqlar eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi respublika komissiyasining 30.06.2020 yildagi 3257-son qarori bilan Mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Eksport qiluvchi korxonalar (ularning vakillari) eksport qilinayotgan mahsulotni tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Norma’ning yozishicha, eksport qilishda tashish xarajatlarini kompensatsiya qilish amalga oshiriladigan mahsulotlar ro‘yxati Prezidentning 07.05.2020 yildagi “Eksport faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4707-son qarori bilan tasdiqlangan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi esa subsidiya to‘lash bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
Kompensatsiya manfaatdor shaxs - O‘zbekistonda davlat ro‘yxatiga olingan, mahsulotlarni xorijiy mamlakatlardagi xaridorlarga eksport shartnomalariga muvofiq sotuvchi, shuningdek, eksport va (yoki) vositachilik shartnomalariga binoan yuk jo‘natuvchi tadbirkorlik sub'yekti (yoki uning vakolatli vakili)ga to‘lanadi.
Eksport qiluvchilardan 2020 yilning 1 aprelidan boshlab eksport qilgan mahsulotlari bo‘yicha kompensatsiya taqdim etish uchun arizalar quyidagi shartlarga rioya qilingan taqdirda qabul qilinadi:
eksport qiluvchi O‘zbekistonda davlat ro‘yxatiga olingan;
mahsulotlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan;
O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lmagan (Afg‘onistondan tashqari) davlatlarga eksport qilingan mahsulotlar, bundan tuxum hamda parranda go‘shti va mahsulotlari (TIF TN kodi 0407210000, 0207) mustasno;
mahsulotlar belgilangan tartibda eksport rejimiga joylashtirilgan;
eksport shartnomasi (vositachilik shartnomasi, invoys)da transport xarajatlari eksport qiluvchi zimmasiga yuklangan va ushbu xarajatlar uchun to‘lovlar u tomondan amalga oshirilgan bo‘lishi kerak.
Kompensatsiya miqdori qat'iy mahsulot turi, hajmi va eksport yo‘nalishidan kelib chiqib hisoblanadi, biroq, eksport qiymatining (transport xarajatisiz):
avtomobil transportida tashishda – 5 foizidan;
temir yo‘l transportida tashishda – 7 foizidan;
havo transportida tashishda - TIF TN kodi 07,08, 0904 va 1202 bilan boshlanuvchi meva-sabzavot mahsulotlariga - 12 foizidan, boshqa mahsulotlarga - 6 foizidan ortib ketmasligi kerak.
Nizomda kompensatsiya miqdorini hisoblash va aniqlash formulasi keltirilgan, arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati, shuningdek kompensatsiya taqdim etishni rad etish uchun asoslar belgilangan.
Hujjat 30.06.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
09:30 / 22.06.2026
O‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:07 / 11.06.2026
Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
10:45 / 10.06.2026