Bir kunda 489 holat aniqlandi va jami holatlar soni 19 mingga yaqinlashdi
23 iyul kuni O‘zbekistonda yana 489 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi va jami kasallanish holatlari soni 18868taga yetdi.
«Shu yilning 23 iyul kuni mamlakatimizda 489 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 54 nafari Karantin muassasalarida, 435 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
Bugun respublikaning 11 hududida yangi holatlar aniqlandi. Qatorasiga ikkinchi kun kunlik o‘sish holatlari soni 500dan past bo‘lmoqda.
23 iyul, yangi holatlar
- Toshkent viloyatidagi Karantin markazida 54 nafar;
Profilaktika maqsadida va koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida - 435
- Toshkent shahrida 198 holat;
- Surxondaryo viloyatida 84 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 34 holat;
- Samarqand viloyatida 34 holat;
- Namangan viloyatida 16 holat;
- Buxoro viloyatida 19 holat;
- Andijon viloyatida 15 holat;
- Qoraqalpog‘istonda 15 holat;
- Farg‘ona viloyatida 13 holat;
- Toshkent viloyatida 7 holat.
Tuzalganlar (+277)
Bugun O‘zbekistonning 8 hududida jami 277 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 10 ming 149 nafarga yetdi.
- Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 98 nafar;
- Samarqand viloyatida 48 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 43 nafar;
- Navoiy viloyatida 28 nafar;
- Namangan viloyatida 20 nafar;
- Jizzax viloyatida 18 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 8 nafar;
- Qoraqalpog‘istonda 7 nafar.
Bugun shuningdek, Toshkent shahrida 3, Qashqadaryoda 1 bemor vafot etdi va O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni 102taga yetdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 617 nafar bemordan 118 nafari og‘ir, 30 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024