Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda 3 nafar kanalizatsiya ustasi is gazidan vafot etdi, yana biri shifoxonaga yotqizildi – Tergov departamenti
IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, Buxoro shahridagi yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini shaharning asosiy kanalizatsiya tizimiga ulash vaqtida 3 nafar erkak is gazidan vafot etgan, yana biri shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, 24 iyul kuni «Buxoro maxsus suv qurilish» MChJ xodimlari Buxoro shahrining Abdurahmon Jomiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini shaharning asosiy kanalizatsiya tizimiga ulashayotganda kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanishgan.


45 va 47 yoshli ishchilar quvurlarni montaj qilish jarayonida hushidan ketganini ko‘rgan 27 yoshdagi boshqa bir ishchi ularga yordam berish maqsadida kanalizatsiya quvuriga tushgan. Biroq u ham kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib hushidan ketgan. Unga yordamga shoshilgan 41 yoshli yana bir ishchi quvur ichiga tushgan, u ham zaharlanishdan hushidan ketgan.

Tergov departamenti hodisa joyiga yetib borgan mahalliy aholi faqatgina «Buxoro maxsus suv qurilish» MChJ 41 yoshli xodimini qutqarib qolgani, qolgan uch erkak hodisa joyida is gazidan zaharlanib vafot etganini bildirmoqda.
Hayoti saqlab qolingan ishchi ayni paytda shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa joyida tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 24.11.2025
Buxoroda bir oilaning 4 a’zosi is gazidan vafot etdi
16:16 / 21.11.2025
Andijonda ichki ishlar xodimi va uning voyaga yetmagan qizi is gazidan vafot etdi
08:31 / 20.11.2025
Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlandi
13:02 / 04.11.2025