Jahon | 09:36 / 24.07.2020
2018
2 daqiqa o‘qiladi

Ekvadorning sobiq prezidenti madaniy merosni kontrabanda qilganlikda ayblanmoqda

Ekvadorning sobiq prezidenti Abdala Bukaram madaniy meros obektlarini kontrabanda qilganlikda ayblanmoqda. 

Foto: AP Photo / Arnulfo Franco

Bosh prokuratura sobiq prezident va uning o‘g‘li Xakoboga madaniy meros obektlarini kontrabanda qilganlik aybini qo‘yishga tayyorlanmoqda.

«Prokuratura mahkama jarayonining sanasini belgilashni so‘ramoqda. Abdala Bukaram va uning o‘g‘li Xakobo Bukaram madaniy meros obektlarini noqonuniy transportirovka va kontrabanda qilish, sotib yuborishda ayblanmoqda. Bu buyumlar 3 iyun kuni uning uyidan topilgan», - deyiladi bayonotda.

Iyun oyi boshida Abdala Bukaramning uyida dori vositalarini sotib olishdagi korrupsiya bilan bog‘liq ish bo‘yicha tintuv o‘tkazilgan va o‘qotar qurol, juda ko‘p miqdorda tibbiy niqoblar va COVID-19 testlari bilan bir qatorda arxeologik artefaktlar ham topildi. Unga o‘qotar qurolga noqonuniy egalik qilish aybi qo‘yildi.

Bukaram 1996-1997 yillarda 6 oy davomida Ekvador prezidenti bo‘lgan va parlament tomonidan lavozimidan bo‘shatilgan. Shundan so‘ng 20 yil davomida Panamada quvg‘inda yashagan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid