Karantin qoidasini buzgan samarqandliklar umumiy 18 milliard so‘m jarimaga tortilgan
Samarqandliklar mart oyidan buyon e'lon qilingan karantin vaqtida joriy qilingan cheklovlarni buzgani uchun umumiy 18 milliard so‘m jarimaga tortilgan.
Samarqandda mart oyidan boshlab bugungi kunga qadar karantin qoidalarini buzgani uchun 78 mingdan ortiq bayonnoma rasmiylashtirilgan va qoidabuzarlarga nisbatan 18 millard so‘mlik jarima qo‘llangan. Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat IIB boshlig‘i Shavkat Rahmonov ma'lum qildi.
Aytilishicha, bugungi kunga qadar viloyatda 34 mingdan ortiq fuqaro kuzatuvga olingan bo‘lib kasallik alomatlari kuzatilmagani uchun 30 406 nafari karantin nazoratidan chiqarilgan. Hozirgi vaqtda 4 267 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
Axborotga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, karantin qoidalariga qat'iy amal qilinishini nazorat qilish yuzasidan viloyatning har bir shahar-tumanlarida sektorlar kesimida hokimiyat, prokuratura, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, DSI va IIB xodimlaridan iborat jami 128ta ishchi guruh tuzilgan.
Viloyat hududidagi tashkilotlar va muassasalarda xodimlarning karantin va sanitariya qoidalariga rioya qilishlarini o‘rganish davomida 1 531ta karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangan. 25dan ortiq korxona va tashkilot rahbarlari hamda fuqarolar rasman ogohlantirilgan.
Aholi o‘rtasida bugungacha 78 196ta bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lsa, shundan 63 659tasi jamoat joyida tibbiy niqob taqmasdan yurish bilan bog‘liq. 7 719ta holatda stikersiz transport vositasini boshqarish bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinalar jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Shuningdek, mingdan ortiq sababsiz jamoat joylarida to‘planish, 2ta marosim va yig‘in o‘tkazish, 3ta holatda ijtimoiy tarmoqlarda vahima tarqatish yuzasidan fuqarolarga jarima qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024