Prezidentning “2020-2030 yillarda Özbekiston Respublikasida kinematografiya sohasini rivojlantiriş konsepsiyasini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş va tasdiqlaş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
“Özbekkino” Milliy agentligi nomi Özbekiston Respublikasi Kinematografiya milliy agentligiga özgartiriladi.
Özbekiston Respublikasi kinematografiya milliy agentligining yangi tuzilmasi va ştat jadvalini tasdiqlagan holda, Kinematografiya sohasida milliy regulyator (tartibga soluvçi) etib belgilanadi. Agentlik badiiy film, hujjatli film, ilmiy-ommabop, öquv-metodik filmlar, kinoalmanaxlar, kinojurnallar, multiplikatsion filmlar, seriallar, qisqa metrajli filmlar va bolalar yumoristik filmlarini işlab çiqariş bilan boğliq mahsulotlarni (işlar, xizmatlar) sotib oliş, davlat buyurtmasi doirasidagi filmlar, şuningdek, kinomahsulotlarning boşqa turlarini subtitrlaş va dublyaj qiliş böyiça töğridan-töğri şartnomalar tuziş huquqiga ega ekanligi belgilanadi.
Yuqori badiiy kinoasarlar yaratiş, kino sanoatiga tizimli kömaklaşiş, kino işlab çiqariş darajasini tubdan oşiriş, kino sanoatida zamonaviy menejmentni joriy etiş maqsadida Agentlik huzurida “Özbekfilm” Kinokonsern davlat muassasasi taşkil etiladi.
Milliy kinoarxivni şakllantiriş, milliy kino san'atini saqlaş, raqamlaştiriş va restavratsiya qiliş, xorijiy kinoarxivlarda saqlanayotgan mahalliy kino mahsulotlarining eng yaxşi namunalarini qaytariş, milliy kinematografiya tarixini örganiş, saqlaş va ommalaştiriş maqsadida Özbekiston madaniy merosining ajralmas qismi sifatida “Özbekiston milliy kinofondi” taşkil etiladi.
Raqamli makonda yagona axborot multimedia platformasini yaratiş, kino-video-musiqiy ta'lim va kibersport kontentini birlaştiriş, mahalliy va eng yaxşi xorijiy kino va animatsiya mahsulotlarini ijaraga olişning zamonaviy şakllarini qöllaş maqsadida davlat-xususiy şeriklik asosida «MEDIAUZ» milliy striming platformasi taşkil etiladi.
Milliy kinematografiyani qöllab-quvvatlaş, uning jahon kino bozorida raqobatbardoşligini oşiriş, milliy manfaatlarga mos keladigan badiiy jihatdan yuksak filmlar yaratiş uçun şart-şaroitlarni ta'minlaş, Özbekistonda va xorijda yuqori darajadagi kinofilmlarni ommalaştiriş maqsadida Milliy kinematografiyani rivojlantiriş jamğarmasi faoliyati tubdan isloh qilinadi.
Jamğarmaning asosiy vazifalari quyidagilar etib belgilanadi:
milliy filmlarni işlab çiqariş, ijaraga beriş, namoyiş qiliş va tarğib qiluvçi taşkilotlarga moliyaviy kömak beriş;
kinematografiya sohasida faoliyat yuritayotgan kino ustalari, mutaxassislar va tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş;
mahalliy kinematografiyani rivojlantiriş, jumladan, kino işlab çiqariş, ijaraga beriş, namoyiş qiliş va milliy filmlarni tarğib qiliş, şuningdek, notijorat kinotadbirlarni amalga oşiriş uçun moliyaviy mablağlarni jamğariş;
milliy kinematografiya sohasida ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oşirişga kömaklaşiş;
mahalliy va xorijiy investorlarni milliy filmlarni işlab çiqariş, ijaraga beriş va namoyiş etişni moliyalaştirişga jalb qiliş;
Özbekiston kinematografiyaçilari Ijodiy uyuşmasi va uning a'zolarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş.
Respublika aholisini badiiy jihatdan yuksak xorijiy kinomahsulotlarning (öyin, hujjatli, multiplikatsion filmlar, seriallar va h.k.) eng yaxşi namunalari asosida tarbiyalaş va global kino bozoriga integratsiya qiliş maqsadida Agentlik davlat-xususiy şerikligi asosida Tarjima va dublyaj Milliy kinomarkazi taşkil etiladi.
Kinoijodkorlarning ijodiy faoliyati uçun munosib şart-şaroitlar yaratiş, şuningdek, Agentlik va uning tarkibiga kiruvçi tuzilmalarning moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, Özbekiston kinoijodkorlarining tarixiy merosini abadiylaştiriş maqsadida Agentlik, şuningdek, Özbekiston kinoijodkorlari ijodiy uyuşmasining Agentlik hududida umumiy maydoni 11,4 ga bölgan “Özbekiston kinematografçilari şaharçasi”ni taşkil etiş töğrisidagi takliflari qabul qilinadi.
Kinosanoat sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş, sahna körinişlari va maydonçalar quriş uçun xorijiy hamda milliy kinokompaniyalarga şart-şaroitlar yaratiş, yoşlarni kinoijodkorlik kasbiga jalb etiş va ta'lim beriş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent, Buxoro, Farğona (Qöqon şahri), Samarqand va Xorazm viloyatlarida kinoşaharlar barpo etiladi.
Kinematografiyaning jamiyat ijtimoiy-ma'naviy hayotidagi rolini inobatga olgan holda, şuningdek, uşbu soha xodimlarini qöllab-quvvatlaş maqsadida 19 avgust kunini “Özbekiston kinematografiyaçilari kuni” deb e'lon qiliş töğrisidagi Agentlik taklifi ma'qullanadi.












