Yana «xizmat doirasidan taşqari»dagi qişloqlar haqida. Yeçim şunçalik murakkabmi?
|22:19 / 24.07.202023 04310 min
Köplab qişloqlarda internet tugul, oddiy mobil aloqa sifatining pastligi, hatto sms yuboriş ham muammo ekani – köp bora kötarib çiqilgan, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama etilgan, qiziqçilar satirasiga aylangan mavzu.
Foto: PixabayFoto: Pixabay
Bu borada birmunça işlar qilinayotganini inkor etmagan holda ta'kidlaş mumkinmi, masalaga yondaşuv va e'tibor jamoatçilik talabi darajasida emas.
Xöş, butun respublika böylab birday mobil aloqa sifati tölaligiça ta'minlanmasligi sababi nimada? Rivojlangan davlatlar mayli, hatto qöşni respublikalar bilan taqqoslaganda ham mobil aloqa sifati borasida maqtana olmasligimizni qanday izohlaş mumkin? Nima sababdan bu soha hanuz xususiy sektorga berilmayapti?
Biz mavzu yuzasidan mutaxassislar va jamoatçilik vakillari fikrlari bilan qiziqdik.
«Mobil aloqa kompaniyalariga nimaga kam stansiyalar quryapsan, deyişdan oldin ularning ham dardini eşitiş kerak»
Huquşunos, bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyev MFaktor dasturidagi çiqişida mavzu yuzasidan fikrlarini bildirib, qator savollarni örtaga taşlagan edi.
— Aloqa kompaniyalari stansiyalari çekka hududlarda kamligi, şuning natijasida aloqa sifati, internet pastligidan şikoyat qilamiz. Xöş, nima uçun ularning soni kam? Bitta aloqa stansiyasini örnatiş – juda qiyin byurokratik jarayon. Nima uçun haligaça tizim yangilanmayapti?
Özbekiston tarixida aloqa stansiyalari bilan boğliq korrupsion harakatlar, sud jarayonlarini kördik. Agar bitta aloqa stansiyasini örnatiş bunçalik byurokratizmga botib ketmaganda, korrupsion holatlar bölmasmidi? Demak, kimningdir «oğzini moylaş» orqaligina stansiyalarni quriş mumkin bölgan.
Bu yerda bir neçta savol tuğiladi: Birinçidan, aloqa stansiyasini örnatiş nima uçun juda murakkab?Ikkinçidan,bitta aloqa stansiyasini örnatiş uçun davlatga tölanadigan pul nega bunça qimmat?
Mobil aloqakompaniyalariga nimaga kam stansiyalar quryapsan, deyişdan oldin ularning ham dardini tuşuniş kerak. Moliyaviy gigant mobil kompaniyalar qança köp stansiyalar qurişsa, ularga şunça foyda-ku. Buning ildizini topişimiz kerak.
Nima uçun Özbekistonda internetni davlat ta'minlaşi kerak? Nima uçun xususiy sektorga imkoniyat berilmaydi?
Mirzo Uluğbek nomidagi astronomiya, fizika, matematika va informatika fanlariga ixtisoslaştirilgan davlat umumta'lim maktab-internati direktori Olimjon Töyçiyev:
— Bu masalada asosiy sabab – har bir uyali aloqa kompaniyasi özining antennasini qöyişga xarakat qiladi. Şu sababli ham şaharning bir qismida işlagan mobil operator boşqasida işlamaydi.
Xorijiy tajribada bir stansiyani qurib, bir-biriga antenna qöyiş uçun ijaraga beriş tajribasi mavjud, bizda esa afsuski, uyali aloqa kompaniyalarida bunday amaliyot mavjud yemas.
Bir stansiyani quriş va ekspluatatsiya qiliş ançagina moliyaviy resurslarni talab qiladi, şuning uçun uyali kompaniyalar özaro kelişib antennalarini birgalikda foydalanişni boşlasa, yuqoridagi holatlar bölmaydi.
«Sifatli internet orqali hukumat öziga savol beruvçilarni va hisob sörovçilarni köpaytiradi. Bu ularga kerakmi?»
Iqtisodçi, bloger Otabek Bakirov:
— Eng çekka qişloqlardan birida tuğilganman. Har safar qişloqqa hayitga, bayramlar yoki boşqa sabab borsam, meni yöqotib qöyişadi, çunki na mobil aloqa va na internet bor.
Qiziq tarafi, qişloq ahli Qirğiziston kompaniyalarining mobil internetidan foydalanadi. Rossiya va Qirğiziston bilan aloqada ham qirğiz mobil operatorlarining sim-kartalarini işlatişadi. Bilmadim, nima qiliş kerak? Koreya yoki Yaponiya emas, heç bölmasa, Qirğizistonda nima qilişganini örganiş kerakmi?
Avvalo, taşqi internet trafigi monopoliyasiga amalda barham beriş kerak. Nafaqat Mobiuz, balki boşqa kompaniyalar ham töğridan töğri taşqi trafikni sotib oliş imkoniga ega bölişlari lozim.
Optika orqali internet haqida qişloq joylarda hali-beri orzu qilmasa ham böladi. U yerda aholi kompakt yaşamasligi sababli bu juda katta mablağ talab qiladi.
Mobil aloqaga kelsak, yana texnik muvofiqlaştiriş masalalariga töxtaşga töğri keladi. Mobil operatorlardan sörang: bitta bazaviy stansiyani örnatiş qançalik qimmatga va qiyin byurokratik jarayonga aylangan.
Darvoqe, 5ta mobil operatorning 4tasi davlat ixtiyorida, şuning özi katta muammo. Tarmoqqa yana xususiy va xorijiy investorlarni qaytariş kerak.
Hatto kosmos xususiy tijorat orqali rivojlaniş yöliga ötayotganida, internet va aloqa sohasida davlatning mavjudligining özi anaxronizm. Bu sohada imkon boriça davlat bölmasligi kerak, demakki, budjet pullari ham.
Sohadagi asosiy muammo – Özbekistonning istalgan biznes borasidagi asosiy muammosi singari mulk huquqi va investitsiyalar himoyalanmaganidir. Internet va aloqaga pul kiritgan investorni qonun va sud himoya qila olişiga nafaqat potensial investorlarning, balki oddiy foydalanuvçi sifatida mening ham közim yetmaydi.
Barça axborot avtokratiyalarida bölgani singari sifatli internet siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy monopoliyani yöqqa çiqaradi. Propaganda instrumentlari sifatli internet şaroitida juda ham ojiz va samarasiz mahsulotga aylanadi. Şunday ekan, sifatli internet orqali hukumat öziga savol beruvçilarni va undan hisobot sörovçilarni köpaytiradi. Bu kerakmi hukumatga? Bilmadim. Qisqa istiqbolda sifatli internet hukumatning ziyoniga işlaydi, örta va uzoq istiqbolda esa mamlakat taraqqiyotini sifatli internetsiz tasavvur etib bölmaydi.
Internetsiz mamlakat eng asosiy boyligi – fuqarolaridan ayrilaveradi.
«Aloqa obektini işga tuşiriş uçun kamida 6 oy, ba'zan 9 oy kerak böladi, çunki ruxsat oliş jarayoni juda murakkab»
Beeline Uzbekistan kompaniyasi texnik direktori Yevgeniy Klyuçev:
— Beeline Uzbekistan joriy yil boşidan beri butun Özbekiston böylab 1500ga yaqin turli xil texnologiyalardagi bazaviy stansiyalarni işga tuşirdi. Ulardan 950dan ortiği törtinçi avlod bazaviy stansiyalari (LTE). 2020 yil rejalariga köra, kompaniya tomonidan hozirda 70ta çekka hududlarni yangi qamrov bilan taminlaş ustida iş olib borilyapti. Çekka hududlardagi asosiy tayanç stansiyalarning aksariyati Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida işga tuşirilgan.
Uzoq hududlarda aloqa stansiyalarini örnatiş doimo katta moliyaviy xarajatlarni talab qilib kelgan. Bu, birinçi navbatda, elektr ta'minoti, oğir uskunalar va transport tarmoqlari ötiş uçun kiriş yöllarining yetişmasligi bilan boğliq. Şuningdek, hududning murakkabligi va iqlim şaroiti tufayli iş faqat yilning ma'lum vaqtlarida bajarilişi mumkin. Şuning uçun quriliş qiymati juda katta farq qilişi mumkin.
Elektr energiyasini yetkazib beriş uçun maxsus yeçimlarni örnatişga hojat bölmasa, kamida 160 million sömga baholanadigan uskuna narxi hisobga olinmaganda, xarajatlar minimumi 150 milliondan boşlanadi. Baza stansiyasini işga tuşiriş kamida 310 million söm böladi. Şu sababli bunday loyihalarni amalga oşirişda tegişli vazirlik va idoralarning iştiroki va öz vaqtida yordam körsatişi muhimdir.
Baza stansiyalarini quriş uçun qonunçilikda belgilangan tartibda ruxsat olinadi. Aloqa vositalarini quriş va foydalanişga topşiriş – murakkab jarayon. Yangi tayanç stansiyasini qurişni boşlaşga ruxsat oliş – LvQR (loyihalaş va quriliş uçun ruxsatnoma) uçun kamida 1,5-2 oy vaqt talab etiladi. Aloqa obektini tijorat efiriga çiqariş uçun örtaça 6 oy, ba'zan 9 oygaça vaqt ketadi, çunki qator oraliq ruxsatnomalar talab qilinadi.
Kompaniyamiz ruxsat oliş jarayonini soddalaştiriş tarafdori. Bu masalada tegişli vazirlik tomonidan tuşunarli va konstruktiv tizim işlab çiqilişiga umid qilamiz.
«Bu yil aholi maskanlarining mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 foizga, keng polosali mobil internet tarmoğiga ulaniş qamrovi darajasi 78 foizga yetkazildi»
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi matbuot xizmati mavzu yuzasdan quyidagiça ma'lumotni taqdim etdi.
— Mobil aloqa qurilmalarini örnatiş, işga tuşiriş, xizmat körsatişga örtaça 250-300 mln. söm mablağ sarflanadi. Mobil aloqa operatorlari öz telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytiriş maqsadida tayanç stansiya örnatiş işlarini qonunçilikka asosan, jumladan, Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 7 dekabrda 1531-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan «Özbekiston Respublikasi hududida radioçastota spektri va radioelektron vositalaridan foydalanişni tartibga soliş töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida» Özbekiston aloqa va axborotlaştiriş agentligi boş direktorining buyruği, «Priyemka v ekspluatatsiyu zakonçennyx stroitelstvom obektov» ŞNK 3.01.04-04, şuningdek idoraviy quriliş normalariga (IKN 05:2013, IKN 07:2015) asosan iş olib boradilar.
Özbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa operatorlari «Telekommunikatsiyalar töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga hamda vazirlik tomonidan berilgan litsenziyaga asosan faoliyat yuritadi. Barça mobil aloqa operatorlari litsenziya şartnomalari şartlariga asosan, har yili tarmoqni rivojlantiriş rejalarini vazirlik bilan kelişişlari belgilangan.
Joriy yilning birinçi yarim yilligi davomida mobil aloqa operatorlari tomonidan jami 1375ta mobil aloqa tayanç stansiyalari örnatilib, aholi maskanlarining mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 97 foizga va keng polosali mobil Internet tarmoğiga ulaniş qamrovi darajasi 78 foizga yetkazildi.
Xulosa
Anglaganingizdek, masala yeçimiga byurokratiya tösiği yöl bermayapti. Aloqa stansiyalarini örnatiş uçun hujjatlar rasmiylaştiriş uzoq vaqt va mablağ etadi.
Demakki, hukumat butun respublikada internet tezligini birday oşirişni istasa, gap mablağdan köra köproq jarayonni soddalaştirişga va eng muhimi xohiş bildirişga, taşabbus körsatişga borib taqaladi.