Behzod Hoşimov Özbekiston hukumati pandemiyadan oladigan muhim saboqlar xususida töxtalib ötdi.
«Hukumat pandemiyadan oladigan eng muhim saboqlaridan biri – davlatning barça sohalarni nazorat qilişi notöğriligini anglab yetişidir.
Sobiq ittifoq davridan qolib ketgan boşqaruv usuliga köra, hukumat hamma jabhalarni qöliga olgan. Inqiroz paytida bu yondaşuv özini oqlamasligi isbotini topadi, ya'ni sohalarni boşqaradigan menejyerlar tanqisligi yuzaga keladi.
Bundan hukumat olişi kerak bölgan saboq şundaki, davlat funksiyalari iloji boriça kamaytirilişi kerak. Masalan, quriliş materiallari işlab çiqarişni xususiy sektorga beriş kerak, yana davlat boşqa yuzlab vazifalardan voz keçiş payti keldi, deb öylayman. Agar hukumatga barça vazifalar yuklansa, eng keraklisini ham bajara olmaydi», – deydi u.
Iqtisodçi davlatning eng asosiy funksiyalari sifatida xavfsizlik, adolat va mulk daxlsizligini ta'minlaş ekanini qayd etdi.
Şuningdek, Behzod Hoşimov davlat monopoliyalari qaramoğida noprofil aktivlar köpligiga e'tibor qaratdi.
«Bu holat menejyerlarning fikrini çalğitadi. Natijada ular asosiy vazifasini unutib qöyadi», – dedi Hoşimov.
U xususiylaştiriş zaruratini ta'kidlar ekan, Uzbekistan Airways va «Özavtosanoat»ni misol qilib keltirdi.
«Masalan, «Özbekiston havo yöllari» qimmat narxga aviataşuvlarni amalga oşiryapti, lekin soliq tölamayapti. Xususiy kompaniya kelsa, ham yölovçi taşiydi, ham davlatga soliq tölaydi», – ta'kidladi iqtisodçi.









