Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chegaradan o‘tkazilayotgan tovarlar namunalarini bojxona tizimida tasarruf etish tartibi tasdiqlanadi
O‘zbekiston bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlarning namunalar va sinamalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining ““O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlarning namunalar va sinamalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlarning namuna va sinamalarini bojxona organlari tizimida tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, u O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksining 211-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilayotgan tovarlardan namunalarni (sinamalarni) tanlab olish, ularni bojxona laboratoriyalariga taqdim etish, tasarruf etish, saqlash va yo‘q qilish tartibini belgilaydi.
Namunalarni (sinamalarni) olish ularni identifikatsiyalash va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga (TIF TN) binoan tovar kodini aniqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Tovarlardan namunalarni (sinamalarni) olish usuli, tovar turiga bog‘liq holda, xalqaro standartlar, O‘zbekiston Respublikasi standartlari va ular asosida Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) tomonidan ishlab chiqilgan uslubiyotlar bilan aniqlanadi.
Tovar namunalarini (sinamalarni) tasarruf etish hamda bojxona ekspertizasini o‘tkazish uchun zarur sarflash materiallari bojxona organlarining har yilgi iste'molidan kelib chiqqan holda belgilangan tartibda xarid qilinadi.
Bojxona ekspertizasi uchun tadqiqot (ekspertiza) maqsadlarida tovarlardan namunalar (sinamalar) olish uchta holatda:
“erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlar yuzasidan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan;
bojxona nazoratida bo‘lmagan tovarlar yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan;
vakolatli organ qarorida belgilagan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Tadqiqot (ekspertiza) maqsadlarida “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlardan namunalar (sinamalar) olish, bojxona organi boshlig‘i tomonidan mas'ul etib tayinlangan bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tovarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxs va zaruriyat yuzasidan (zaharli, toksik, kuchli ta'sir qiluvchi tovarlar) esa - mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.
Bunda bojxona organining mansabdor shaxsi namunalar (sinamalar) tovar partiyasining tarkibi va xususiyatlarini to‘liq ifodalashi hamda olingan namunalar (sinamalar), shuningdek ma'lumotlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
Tovarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxs namunalar (sinamalar) olinayotganda bojxona organiga ko‘maklashishga majbur.
Namunalar (sinamalar) uch nusxada olinadi va uch nusxada tuziladigan “Namunalarni (sinamalarni) olish dalolatnomasi” bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Dalolatnomaning birinchi nusxasi namunalar (sinamalar) bilan bojxona laboratoriyasiga yuboriladi.
Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi tovarga nisbatan vakolatlarga ega bo‘lgan shaxsga beriladi.
Dalolatnomaning uchinchi nusxasi nazorat uchun tadqiqotni (ekspertiza) tayinlagan bojxona organida qoldiriladi.
Namunalar (sinamalar)ning har bir nusxasi qadoqlanadi va maxsus qadoq ustidagi jadval tovar to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan to‘ldiriladi hamda bojxona organi mansabdor shaxsining raqamlangan shaxsiy muhri bilan paketning belgilangan qismiga muhr bosiladi.
Namunalarni (sinamalarni) olishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi bo‘yicha javobgarlik tadqiqotni (ekspertizani) tayinlagan bojxona organi boshlig‘i yoki vakolatli organning mas'ul xodimi zimmasiga hamda namuna va sinamalarni olgan shaxsga yuklatiladi.
Mavzuga oid
16:35 / 15.06.2026
«Sotilgan tovar qaytarib olinmaydi». Bu qonuniy talabmi?
12:27 / 16.02.2026
Tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda elektron tasdiq olish tartibi joriy etiladi
09:59 / 11.06.2025
Ayrim mahsulotlarning tasnifiy kodi o‘zgartirilmoqda
07:52 / 15.04.2025