Koronavirusga qarshi kurashga jalb qilingan xodimlarga to‘lovlar to‘lanishi to‘g‘risida ma'lumot berildi
Koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun jalb qilingan xodimlarga to‘lovlar to‘lanishi to‘g‘risida ma'lumotnoma ochiqlandi.
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlariga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jami 1,1 trln so‘m mablag‘ ajratib berildi.
Koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning 97 372 nafariga 336,3 mlrd. so‘m qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘landi.
Qayd etilishicha, oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlari jami 77 294 nafar xodimga 122,7 mlrd. so‘m, shundan 20 739 nafar vrachga – 48,4 mlrd. so‘m, 35 162 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 48,4 mlrd. so‘m, 9 769 nafar kichik tibbiyot xodimga – 11,0 mlrd. so‘m va 11 624 nafar boshqa xodimlarga – 13,6 mlrd. so‘m to‘landi.
14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari bo‘yicha jami 8 607 nafar xodimga 193,6 mlrd. so‘m, shundan, 2 650 nafar vrachga (har biriga 25 mln. so‘mdan) – 95,1 mlrd. so‘m, 3 218 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 68,3 mlrd. so‘m, 1 539 nafar kichik tibbiyot xodimga – 21,8 mlrd. so‘m va 1 200 nafar boshqa xodimlarga – 8,4 mlrd. so‘m to‘langani aytiladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlari xodimlarining lavozim maoshiga mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi va og‘ir sharoitlari uchun belgilanadigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini tegishincha 15 foizdan 50 foizga hamda 40 foizdan 75 foizga oshirish hamda mehnatiga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentini 5 foizga oshirish hisobiga 11 471 nafar xodimga 19,9 mlrd. so‘m to‘lab berildi.
Mavzuga oid
17:49 / 14.08.2023
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi sut sotuvi boshlandi
18:58 / 06.05.2023
JSST koronavirus hech qachon butunlay yo‘q qilinmasligini aytdi
19:23 / 05.05.2023
JSST koronavirus pandemiyasi tugaganini e’lon qildi
18:19 / 02.05.2023