Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Orol artemiya sanoat» davlat unitar korxonasi tashkil etildi
Vazirlar Mahkamasi 11.07.2020 yildagi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hokimligi huzurida «Orol artemiya sanoat» davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 438-son qarorni qabul qildi.
Norma’ning yozishicha, quyidagilar korxonaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
Orol dengizidagi artemiya tsistasi resurslaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oqilona foydalanish;
artemiya tsistasini ovlash va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ushbu sohada ilmiy-texnik, texnologik, investitsiya va eksport faoliyatini yuritish;
artemiya tsistasining tabiiy o‘sish maydonlaridan oqilona foydalangan holda ularni ovlash va qayta ishlash hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
artemiya tsistasini sanoat asosida chuqur qayta ishlash hamda ulardan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish;
artemiya tsistasini ovlash hamda uni qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi «Orol artemiya sanoat» DUKning muassisi hisoblanadi.
Mo‘ynoq tumani hokimligi huzuridagi korxonaning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bir oy muddatda «Orol artemiya sanoat» DUKning ustavini tasdiqlash, uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, shuningdek zarur ma'muriy va ishlab chiqarish binolariga joylashtirilishi ta'minlash vazifasi topshirildi.
Hujjat 11.07.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
18:30 / 30.11.2025
Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi
20:46 / 21.11.2025
“Bu siyosiy o‘yin” – ekspertlar Rossiyadan “daryo tortib kelish”ga nima deydi?
18:47 / 19.11.2025
Sibir daryolarini Orolga burish. Bu qanchalik imkonli ish?
17:35 / 11.10.2025