Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev 2027–2029 yillarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi
2027 yildan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik O‘zbekistonga o‘tadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 aprel kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining Ostona shahridagi navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Kun tartibiga muvofiq, Qozog‘istonning 2023-2026 yillarda OQXJ raisligi natijalari sarhisob qilinib, Orol dengizi havzasida ekologiya, suv resurslarini boshqarish va ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi noyob mintaqaviy tuzilma sifatida faoliyat yuritib kelayotganini, Markaziy Osiyoda suv taqchilligining kuchayishiga sabab bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlari va suv iste’moli ko‘payib borayotgan sharoitda uning roli va ahamiyati yanada ortayotganini ta’kidladi.
OQXJ yig‘ilishida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston rahbarlari ham so‘zga chiqdi.
Tadbir yakunida yetakchilar Ostona bayonotini, Qozog‘iston raisligining borishi to‘g‘risida, 26 martni Xalqaro Orol dengizi, Amudaryo hamda Sirdaryo kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida hamda O‘zbekiston yetakchisini 2027-2029 yillarda jamg‘arma prezidenti etib saylash to‘g‘risidagi qarorlarni imzoladi. 2027 yildan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik O‘zbekistonga o‘tadi.
Mavzuga oid
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
18:42 / 01.06.2026
YeI Qozog‘iston va O‘zbekistonda migratsiya markazi ochishi mumkin - OAV
17:43 / 31.05.2026