Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada koronavirusni zararsizlantiradigan birinchi niqob yaratildi
Niqob innovatsion qoplamaga ega, u virus mato bilan to‘qnashganda uni zararsizlantiradi, deya ma'lum qildi Lissabondagi Molekulyar tibbiyot instituti.
Lissabondagi Molekulyar tibbiyot instituti koronavirusni zararsizlantirishga qodir bo‘lgan birinchi himoya niqobi ishlab chiqilganini e'lon qildi. Bu haqda 25 iyul kuni La Razón gazetasi xabar berdi.
Uning ma'lumotiga ko‘ra, bu juda samarali, ko‘p ishlatiladigan niqobdir. Institutning ta'kidlashicha, himoya vositasi bir necha xil suv o‘tkazmaydigan qatlamlardan iborat maxsus mato yordamida ishlab chiqilgan. O‘tkazilgan sinovlar koronavirus infeksiyasidan himoya qilishda mahsulotning samaradorligini tasdiqladi.
«Niqobda SARS-CoV-2 virusi matoga bilan to‘qnashganda uni zararsizlantiradigan innovatsion qoplama mavjud, - deya qayd etdi institut. - Niqob 50 marotaba yuvilganidan so‘ng ham saqlab qolinadigan effekt».
Portugaliyada koronavirus tarqalishi boshlangandan beri deyarli 50 mingta infeksiya holati aniqlandi, 1 712 bemor vafot etdi. Shu bilan birga, 35 mingga yaqin odam tuzalib chiqdi.
Mavzuga oid
20:28 / 19.05.2026
Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi bilan jahon chempionatiga boradi
21:51 / 11.05.2026
Atigi bir necha qadam – Portugaliya va Ispaniya o‘rtasida dunyodagi eng kichik xalqaro ko‘prik bor
11:45 / 09.02.2026
Sotsialist Seguru Portugaliya prezidenti etib saylandi
09:50 / 19.01.2026