Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 25 yoshli qiz noodatiy o‘g‘rilik sodir etdi
Qiz Narpay tumanidan Toshkentga borish uchun mashinaga chiqadi va Samarqandga borganda haydovchining pulini olib yashirinadi.
Samarqand viloyatida noodatiy o‘g‘rilik sodir etildi. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi qiz Samarqand viloyat Narpay tumanidan yuk mashinasiga Toshkentga borish uchun minib, haydovchining pullarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Samarqand viloyat IIB axborot xizmati ma'lum qilgan.
«Kattaqo‘rg‘on tumani Omonboy MFYda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan D.Sh. Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yil 16 iyul kuni soat 21:30larda o‘ziga tegishli «Kamaz» rusumli yuk avtomashinasida Narpay tumanidan Toshkent shahriga borish uchun yo‘lga chiqib, Oqtosh hududidan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan S.U.ni yo‘lovchi sifatida mindirgani va soat 23:40larda Samarqand shahar O‘zbek Trakt ko‘chasida joylashgan Ulug‘bek shox bekatiga yetib kelib, oziq-ovqat xarid qilish uchun avtomashinadan tushgan vaqtida S.U. mashina ichida bo‘lgan 5 340 AQSh dollar va 3 million 600 ming so‘m miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-taroj qilib, voqea joyidan yashiringanini ma'lum qilgan.
Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida S.U. ushlanib, undan 800 AQSh dollari miqdoridagi pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Samarqand viloyat IIBning bayonotida.
Mavzuga oid
14:02 / 08.04.2026
“Qo‘lingni sindiraman”: Samarqandda o‘quvchilarga tahdid qilgan ona ustidan tekshiruv boshlandi
13:39 / 07.04.2026
Samarqandda «kar haydovchi tahqirlangani» haqidagi video sahnalashtirilgani ma’lum bo‘ldi
11:30 / 05.04.2026
Samarqand tramvayi - faqat nostalgiya emas, odamlarga nafi tegayotgan tizim
15:24 / 02.04.2026