O‘zbekiston | 21:08 / 25.07.2020
6372
2 daqiqa o‘qiladi

Tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj internatura kurslaridagi mutaxassislar bilan to‘ldiriladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi yangi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 6 maydagi «Tibbiyot va farmatsevtika ta'limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–4310-son qarori bilan ehtiyoj yuqori bo‘lgan tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni birlamchi tibbiyot-sanitariya muassasalari uchun bir yildan kam bo‘lmagan muddatda birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilganligini inobatga olingan holda Sog‘liqni saqlash vazirligi:

·       Moliya vazirligi bilan birgalikda uch hafta muddatda birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) tahsil olayotgan umumiy amaliyot shifokorlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini ishlab chiqadi va joriy qiladi;

·       2020 yil 15 avgustga qadar birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarida (internatura) tahsil olish uchun shifokorlar mutaxassisliklari ro‘yxatini tasdiqlaydi;

·       2020-2021 o‘quv yilidan boshlab birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslarini (internatura) to‘liq joriy qiladi. (Hal etiladigan masala: Birlamchi tibbiyot muassasalarida tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarga (xirurg, ginekolog, kardiolog, bolalar nevrologi, lor va boshq.) ehtiyoj mavjud bo‘lib, bugungi kunda 15 foizdan ko‘p vakant shtat birliklari mavjud. Mazkur vakant joylar birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslaridagi mutaxassislar bilan to‘ldiriladi)

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid