Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tovarlarni yetkazib berishning bojxona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya etmaganlik bo‘yicha ma'muriy javobgarlik bekor qilinadi
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Taklif etilayotgan hujjatga ko‘ra, 227-4-moddaning (Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo‘qotish yoki yetkazib bermaslik) beshinchi qismi chiqarib tashlanadi.
Ya'ni, tovarlarni, transport vositalarini va ularning hujjatlarini yetkazib berishning bojxona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya qilmaslik bo‘yicha ma'muriy javobgarlik bekor qilinadi.
227-16-modda (Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu hududga qaytarib olib kirmaslik) oltinchi qism bilan to‘ldiriladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan transport vositasini bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatda olib chiqmagan shaxs, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan yig‘imni o‘z ixtiyori bilan darhol to‘lagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
Mavzuga oid
21:53 / 18.05.2026
Sotuvchi xaridorning qonuniy talabini bajarmasa, elektron platforma zimmasiga ham mas’uliyat yuklanadi
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
21:12 / 14.05.2026
Issiqxonani isitishda mazut, bitum va shina yoqqanlik uchun jarimalar belgilandi
12:21 / 09.05.2026