O‘zbekiston | 17:07 / 26.07.2020
31647
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 11 mingdan oshdi

Bugun ayni paytga qadar respublikaning 5 hududida jami 173 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 11004 nafarga yetdi.

Tuzalganlar (+173)

Toshkent viloyatida 67 nafar;
Surxondaryo viloyatida 44 nafar;
Andijon viloyatida 38 nafar;
Toshkent shahrida 13 nafar;
Farg‘ona viloyatida 11 nafar.

Bugun hozircha 439ta yangi holat qayd etildi va jami holatlar soni 20 391 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari (+439)

  • Toshkent shahrida 216 holat;
  • Toshkent viloyatida 150 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 29 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 25 holat;
  • Andijon viloyatida 16 holat
  • Navoiy viloyatida 3 holat .

O‘lim holatlari (+3)

  • Buxoroda 3 iyul kuni koronavirus aniqlangan 57 yoshli erkak vafot etdi;
  • Toshkentda 4 iyul kuni koronavirusga chalingani ma'lum bo‘lgan, 11 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 67 yoshli erkak vafot etdi;
  • Bekobodda 8 iyul kuni koronavirusga chalingani ma'lum bo‘lgan, 16 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 50 yoshli erkak vafot etdi.

Endilikda O‘zbekistonda rasman qayd etilgan o‘lim holatlari soni 114taga yetdi.

Hozirda mamlakatimizda 9 273 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid