Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasmiy statistikada qurbonlar soni 110dan oshdi. Yana bir homilador ayol vafot etdi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 25 iyul kuni mamlakatda koronavirusdan 5ta o‘lim holati haqida xabar berdi.
Nukus va Toshkentda ikkitadan holat qayd etilgan bo‘lsa, yana bir qurbon Jizzax viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Endilikda vazirlik statistikasiga asosan, jami qurbonlar soni 111 nafarni tashkil etmoqda.
Birinchi o‘lim. Sog‘liqni saqlash vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumani hokimi Davlat Tolibayevning koronavirus asoratlaridan vafot etganini tasdiqladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashagan 37 yoshli D.T.da (erkak) isitma, umumiy holsizlik va quruq yo‘tal paydo bo‘lgach, joriy yil 10 iyul kuni respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir respirator distress sindrom tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, miya shishi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemorda semizlikning 3-darajasi, yurak ishemik kasalligi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.
Reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miya shishidan vafot etgan.
Ikkinchi o‘lim. Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kinologiya xizmati bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Yesemurat Qayipnazarov 49 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashagan 49 yoshli Ye.Q. (erkak) 15-19 iyul kunlari Respublika Ichki ishlar vazirligi gospitalida davolangan. Unda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangach, respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.
Reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Uchinchi o‘lim. Yurak xastaliklari va qandli diabet bilan og‘rib kelgan jizzaxlik 58 yoshli ayol pandemiya qurboniga aylandi.
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashagan 58 yoshli A.M. (ayol)da COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.
Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, qandli diabet kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Reanimatsion muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
To‘rtinchi o‘lim. Toshkentda insult va infarktni boshdan kechirgan 64 yoshli ayol koronavirus asoratlari oqibatida olamdan o‘tdi.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashagan 64 yoshli M.S. (ayol) 13–18 iyul kunlari Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi kardiologiya bo‘limida davolangan.
18 iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va bemor Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Ayolga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, zo‘riqish stenokardiyasi, terminal o‘pka va bosh miya shishi asoratlari bilan kechgan.
Shuningdek, bemor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan (insult) so‘nggi holat, yurak ishemik kasalligi, miokard infarktidan so‘nggi kardioskleroz, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Ko‘rilgan choralarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan. Yurak qon-tomir yetishmovchiligi, saturatsiya ko‘rsatkichi pasayib borishi, nafas olishining qiyinlashuvi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishi hamda bosh miya shishidan vafot etgan.
Beshinchi o‘lim. Toshkentda yana bir homilador ayol 34 yoshida, 24 haftalik homilasi bilan koronavirusdan vafot etdi.
Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 34 yoshli B.M. (ayol)da 5 iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va 6 iyul kuniga qadar u Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolangan.
6 iyul kuni bemor shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, kasallik o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.
Bemorda 24 haftalik uchinchi homiladorlik bo‘lgan va asoratlangan akusherlik anamnezi, kamqonlik kabi hamroh kasalliklar bilan og‘rigan.
Asosiy kasallik asoratlari hisobiga bemorning ahvoli og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramay, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Vazirlik xabarlariga ko‘ra, vafot etgan barcha bemorlar davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Mavzuga oid
18:29 / 22.10.2021
O‘zbekistonda kovid qurbonlari soni rasman 1300ga yetdi, SSV kunlik holatlar kamaymayotganini ma'lum qildi
19:46 / 08.07.2021
Qonunchilik palatasi deputati koronavirus tufayli vafot etdi
10:08 / 08.04.2021
Koronavirus: So‘nggi bir kunda 200ga yaqin holat aniqlanib, bir bemor vafot etdi
10:07 / 07.04.2021