Şarap Sarsenbayeviç şu kunga qadar Qonliköl tumani hokimi örinbosari – Investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği vazifasida faoliyat olib kelayotgan edi.
Eslatib ötamiz, Qonliköl tumani hokimi Daulet Tolibayev keça, 24 iyul kuni koronavirus asoratlaridan vafot etgan edi.

Soğliqni saqlaş vazirligi 25 iyul kuni ertalab bergan axborotga köra, 37 yoşli Tolibayev isitma, umumiy holsizlik va quruq yötal paydo bölgaç, 10 iyul kuni respublika yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan.
Unga Covid-19 infeksiyasining öta oğir keçişi, ikki tomonlama pnevmoniya, ötkir respirator distress sindrom taşxisi qöyilgan. Xastalik ötkir nafas yetişmovçiligi, miya şişi asoratlari bilan keçgan.
Şuningdek, bemorda semizlikning 3-darajasi, yurak işemik kasalligi kabi hamroh kasalliklar ham bölgan.
Şifoxonada bemorning davolanişi davomida şifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolaş jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq şifokorlar tomonidan standartlar asosida ötkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin oğirlaşib, ötkir nafas va yurak qon-tomir yetişmovçiligi, miya şişidan vafot etgan.
Daulet Tolibayev 2019 yilning mart oyida tuman hokimi etib tayinlangan edi.








