Surxondaryo va vodiy viloyatlaridagi pandemik vaziyat alohida xavotir uyg‘otmoqda - Behzod Musayev
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev epidemiologik jihatdan hukumatda yuqori xavotir uyg‘otayotgan hududlarni sanab o‘tdi.
«Bizda hadik uyg‘otayotgan hududlardan biri – Surxondaryo viloyati. Chet davlatlardan kelayotgan mashina haydovchilarimiz orasida aniqlanib, aholi orasida tarqalib ketmoqda.
Andijon viloyatida ham xavotirimiz ko‘p. O‘zi umuman, vodiyda aholi juda zich joylashgan uchta viloyat bo‘lgani uchun bu yerda qattiq ehtiyotkorlik talab etiladi», dedi Musayev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida.
Hukumat vakili davolash muassasalari haqida ham ma'lumot berdi.
«Hozirda Toshkent shahrida COVID-19 bemorlarini davolash bilan shug‘ullanayotgan muassasalar sonini 19taga yetkazdik. Shuningdek, Zangiota tumanida 1200 o‘rinli markaz ishga tushirilgan edi, yana 508ta o‘rin yaratildi. Shu kunlarda yana 1000ta qo‘shimcha o‘rin yaratish rejalashtirilmoqda. U yerdagi har bir xona kislorod ta'minoti va boshqa kerakli tibbiyot jihozlar bilan ta'minlangan.
«O‘zekspomarkaz»dagi taqsimlash markazida joylar soni 3500taga yetkazilmoqda. Toshkent viloyatidagi taqsimlash markazi sig‘imini ham 3500taga yetkazish ustida ish olib borilmoqda», dedi Behzod Musayev.
Mavzuga oid
15:10 / 17.09.2024
“O‘zbek hamshiralari Germaniyaga 2200 yevro topgani jo‘natilmoqda” – Behzod Musayev
18:44 / 08.08.2024
2024 yil yakunigacha 2,1 mln kishi daromadli ish bilan ta’minlanadi - Behzod Musayev
15:41 / 08.08.2024
“126 ming nafar oliy ta’lim bitiruvchisi hali ish topolgani yo‘q” – Behzod Musayev
10:36 / 03.02.2024